Breaking News

AQSh cherkovlari gomoseksual insonlarga eshik ochmoqda


E'tiqod va gomoseksualizm
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:31 0:00

E'tiqod va gomoseksualizm

AQShning 30 dan ortiq shtatida allaqachon bir jinsli oilalarga qonuniy maqom berilgan. Bunday insonlarga bag'rini ochayotgan tashkilot va muassasalar orasida cherkovlar ham bor. Hatto gomoseksualizmni keskin tanqid qilishi bilan ajralib turuvchi injilchi nasorolar ham so'nggi paytlarda bir jinsli juftliklarni himoya qilib chiqmoqda.

Besoqolboz dindorlar, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:06 0:00

Cherkovga yig'ilib qo'shiq kuylayotganlar, agar gomoseksualligini hisobga olmaganda, oddiy dindorlar. Ular yaqinda Vashingtondagi Milliy nasorolar cherkovida yig'ildi.

"Islohot loyihasi" nomli dastur doirasida ular bir jinsli dindorlarning injilchi cherkovlarda ochiq qabul qilinishini talab qilmoqda.

Metyu Vayns "YouTube" saytida o'zining besoqolboz ekanini oshkora tan oldi.

"Men besoqolbozman. Bunday bo'lishni o'zim tanlaganim yo'q", - deydi u.

Injilda havoriy Pavel erkaklar o'rtasidagi jinsiy aloqani "nomussizlik" deya qoralagan. Ammo Vaynsga ko'ra, u paytlar muhabbatga asoslangan gomoseksual munosabatlar bo'lmagan.

"Ilohiy kitob ta'limotining asosiy mohiyati shuki, nikoh bu sadoqatga asoslangan narsa. Turmush o'rtog'i bilan bog'lagan ahdini xuddi Xudo bilan qilgan ahdidek muqaddas saqlash degani bu. Qarama-qarshi jinsdagi oilalar qilayotganidek, buni bir jinsli juftliklar ham bajara oladi", - deydi u.

Vayns fikricha, ta'limotning munosabatlarga putur yetkazuvchi narsani targ'ib etishi mumkin emas. Ammo tanqidchilar uni o'z jinsiy moyilligini oqlash uchun ilohiy hukmni yangicha talqin qilayotganlikda ayblaydi.

Janubiy Baptist konvensiyasi yig'inida so'zlagan Sem Olberi ana shunday tanqidchilardan biri.

"Injil bir jinsdagilarning aloqalarini qo'llab-quvvatlaydi, degan gap Bibliyada mavjud emas", - deydi u.

Injilchi nasorolar Yangi ahdning zohiriy ma'nosiga qaraydi.

Ammo injilshunos olim Deyvid Gashiga ko'ra, gomoseksualizmni qoralovchi so'zlar kitobda u qadar ko'p emas.

"Injilda 31273 oyat bor. An'anaviy qarashni qo'llab-quvvatlovchi oyatlar olti sahifani tashkil etadi, xolos. Ehtimol, ko'pi bilan 15 oyat", - deydi tadqiqotchi.

Gashining qarashlari yaqinda o'zgardi.

"Sizning davringiz keldi", - deydi u bir jinsli dindorlarga qarata.

Xolokost bo'yicha mutaxassisning aytishicha, Injilni buzib talqin qilishlar nasorolarga xos bo'lmagan oqibatlarga olib kelmoqda.

"Nazarimda, nasorolar xatoga yo'l qo'yganlarini tan olgilari kelmayapti. Qulchilik, irq, ayollar va boshqa ko'plab masalalarda ham xato fikrlagan edik", - deydi Gashi.

Gashiga ko'ra, protestant nasoroligi islohotchi e'tiqod ekani bilan ma'lum. Shunday ekan, ular besoqolbozlar, ikki jinsli yoki jinsini o'zgartirgan dindorlarni ham o'z saflariga qabul qilishiga umid qilaman, deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG