Falastin va Isroil G’azoda mana ikki kundirki o’q almashayapti. Uch kunlik sulh juma kuni tugaboq taraflar yana otishmaga qaytdi. Bir oydan beri tinmayotgan janglarda 1900 dan ziyod falastinlik va isroillik 67 odam halok bo’ldi.
Bugungi otishmada Falastin tomonida yana uch kishi jon bergani aytiladi. HAMAS otayotgan raketalar Isroil janubidagi aholini vahimada ushlab turgan bo’lsa, Isroilning bugungi hujumida G’azoda masjid, qurol-aslaha ombori va HAMASning mashq o’tadigan maskani yo’q qilingan.
HAMAS va Isroil Misr vositachiligida shu hafta Qohirada muzokara qilayotgan edi. HAMAS G’azo blokadasini bas qilib, bandargoh qurishga ijozat berilsin, deydi.
Isroil esa bandargoh qurish talabini eshitmoqchi emas. G’azoga qurol-aslaha erkin uzatib turilishi uchun sharoit yaratish niyatimiz yo’q, deydi Isroil rasmiylari.
Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu nazarida Isroilning G’azodagi harakatlari asosli. Sektordagi talofatlar, odamlar halok bo’layotgan fojea, biroq tinch aholi qoq markazida turib o’q otayotgan HAMAS bunda o’zini ayblashi kerak, deydi Netanyaxu.
Prezident Barak Obama so’zlariga ko’ra, G’azo o’zini o’zi eplay olmayapti, sektorda iqtisodiy o’sish yo’q, ish o’rinlari yaratilmayapti. G’azo dunyodan uzilib yashashda davom eta olmaydi, deydi Oq uy rahbari.
G'azoni qayta tiklash uchun kamida 6 mlrd. dollar kerak bo'ladi
1/9Falastinlik ayol G'azodagi vayron bo'lgan uyi xarobalari ustida o'tiribdi, G'azo, 26-iyul, 2014-yil.
Isroilning raketa hujumlaridan katta zarar ko'rgan G'azo sektorini qayta qurish uchun kamida 6 milliard dollar kerak bo'ladi, dedi Falastin Bosh vaziri o'rinbosari. 400 mingdan ziyod odam uy-joyidan ajragan, elektr stansiyasi, suv va oqava tizimlari yangidan bunyod etilishi kerak.
2/9Issal oilasi vakillari vayron bo'lgan uy xarobalari orasidan yaroqli ro'zg'or jihozlarini olib chiqmoqda, G'azo, 2-avgust, 2014-yil.
Isroilning raketa hujumlaridan katta zarar ko'rgan G'azo sektorini qayta qurish uchun kamida 6 milliard dollar kerak bo'ladi, dedi Falastin Bosh vaziri o'rinbosari. 400 mingdan ziyod odam uy-joyidan ajragan, elektr stansiyasi, suv va oqava tizimlari yangidan bunyod etilishi kerak.
3/9Falastinliklar vayron bo'lgan uylarni ko'zdan kechirmoqda, G'azo, 26-iyul, 2014-yil.
Isroilning raketa hujumlaridan katta zarar ko'rgan G'azo sektorini qayta qurish uchun kamida 6 milliard dollar kerak bo'ladi, dedi Falastin Bosh vaziri o'rinbosari. 400 mingdan ziyod odam uy-joyidan ajragan, elektr stansiyasi, suv va oqava tizimlari yangidan bunyod etilishi kerak.
4/9Falastinlik oila vayron bo'lgan uylaridan omon qolgan uy jihozlarini olib ketmoqda, G'azo, 3-avgust, 2014-yil.
Isroilning raketa hujumlaridan katta zarar ko'rgan G'azo sektorini qayta qurish uchun kamida 6 milliard dollar kerak bo'ladi, dedi Falastin Bosh vaziri o'rinbosari. 400 mingdan ziyod odam uy-joyidan ajragan, elektr stansiyasi, suv va oqava tizimlari yangidan bunyod etilishi kerak.
5/9Isroil raketa hujumlaridan devori qulab tushgan uy, 4-avgust, 2014-yil.
Isroilning raketa hujumlaridan katta zarar ko'rgan G'azo sektorini qayta qurish uchun kamida 6 milliard dollar kerak bo'ladi, dedi Falastin Bosh vaziri o'rinbosari. 400 mingdan ziyod odam uy-joyidan ajragan, elektr stansiyasi, suv va oqava tizimlari yangidan bunyod etilishi kerak.
6/9G'azoning Beyt Hanun tumanidagi vayronalar, 26-iyul, 2014-yil.
Isroilning raketa hujumlaridan katta zarar ko'rgan G'azo sektorini qayta qurish uchun kamida 6 milliard dollar kerak bo'ladi, dedi Falastin Bosh vaziri o'rinbosari. 400 mingdan ziyod odam uy-joyidan ajragan, elektr stansiyasi, suv va oqava tizimlari yangidan bunyod etilishi kerak.
7/9Qutqaruvchilar Isroil raketa hujumlaridan vayron bo'lgan uydan qurbonlarni qidirmoqda, G'azo, 3-avgust, 2014-yil.
Isroilning raketa hujumlaridan katta zarar ko'rgan G'azo sektorini qayta qurish uchun kamida 6 milliard dollar kerak bo'ladi, dedi Falastin Bosh vaziri o'rinbosari. 400 mingdan ziyod odam uy-joyidan ajragan, elektr stansiyasi, suv va oqava tizimlari yangidan bunyod etilishi kerak.
8/9Falastinliklar vayron bo'lgan uylar xarobalari ostidan yaroqli ro'zg'or buyumlarini qidirmoqda, 2-avgust, 2014-yil.
Isroilning raketa hujumlaridan katta zarar ko'rgan G'azo sektorini qayta qurish uchun kamida 6 milliard dollar kerak bo'ladi, dedi Falastin Bosh vaziri o'rinbosari. 400 mingdan ziyod odam uy-joyidan ajragan, elektr stansiyasi, suv va oqava tizimlari yangidan bunyod etilishi kerak.
9/9Obid Al oilasi a'zosi vayron bo'lgan uy xarobalari ostidan yaroqli ro'zg'or buyumlarini qidirmoqda, 2-avgust, 2014-yil.
Isroilning raketa hujumlaridan katta zarar ko'rgan G'azo sektorini qayta qurish uchun kamida 6 milliard dollar kerak bo'ladi, dedi Falastin Bosh vaziri o'rinbosari. 400 mingdan ziyod odam uy-joyidan ajragan, elektr stansiyasi, suv va oqava tizimlari yangidan bunyod etilishi kerak.
Previous slide
Next slide
Amerika Ovozi
"Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.