Germaniya Ishki ichlar vazirligi Hizbulloh harakatini terrorchi tashkilotlar ro’yxatiga qo’shib, mamlakatdagi faoliyatini man qildi.
30-aprel kuni Germaniya bo’ylab Hizbullohga aloqador masjidlarda reydlar o’tkazildi.
Isroil va Qo’shma Shtatlar Germaniyani ko’pdan beri shunga da’vat etib kelayotgan edi.
Germaniya qarori natijasida Hizbulloh belgilari va ramzlarini turli majlis va namoyishlarda yoki matbuotda ishlatish taqiqlanadi, qurollangan shia guruhining bu mamlakatdagi mulki va moliyasi musodara qilinadi.
Xavfsizlik kuchlariga ko’ra, Germaniyada mingdan ziyod odam harakatga a’zo.
Isroil Tashqi ishlar vazirligi Germaniya qarorini terrorga qarshi global kurashda muhim qadam deb atadi.
Amerika yahudiylar qo’mitasi ham uni olqishladi.
Shu kungacha Germaniya Hizbullohning siyosiy qanotini Suriyada Bashar Assad armiyasi tarafida jang qilgan qurolli bo’linmalaridan ajratib kelgan edi.