Breaking News
Din

Guantanamo qamog’ida ochlik e'lon qilgan mahbuslar ko'paydi


Guantanamo turmasi mahbuslari
Guantanamo turmasi mahbuslari
AQShning Kubadagi Guantanamo qamoqxonasida tobora ko’proq mahbuslar ochlik e’lon qilmoqda. 31 kishi tuz totishdan bosh tortayapti, deydi rasmiylar. Amerika harbiylari 11 nafarini majburlab ovqatlantirishga o’tgan.

O’tgan oy soqchilar mahbuslarning buyumlarini tekshirib, Qur’on nusxalarini ochib ko’rgan, shundan keyin mahbuslar ochlik e’lon qilgan.

Ular nazarida nopok soqchilarning muqaddas kitobga tegishga haqqi yo’q. Hibsdagilarning advokatlari shikoyat bilan chiqqach, bu ish xalqaro matbuot e’tiboriga tushgan.

Guantanamo ma’muriyati tekshiruv qonun-qoida asosida o’tganini, diniy kitoblarga hech kim tegmaganini aytmoqda. Mahbuslar nazarida qamoqxona rahbariyati rasman kechirim so’rashi, tekshiruvlar paytida Qur’on uchun istisno joriy etilishi kerak.

Biroq Guantanamo rasmiylari bu talabni qondirmoqchi emas, chunki kitobda mahbuslarni yoki soqchilarni jarohatlovchi buyumlarni yashirish mumkin.

11 yildan beri qanday tekshiruv olib borayotgan bo’lsak, shu ruhda davom etamiz, deydi qamoqxona mulozimlari.

AQShning Guantanamo turmasida 166 mahbus bor va ular yurt dushmani sifatida tergovsiz-sudsiz saqlanadi. Bu majmuada inson huquqlari poymol qilinayotgani haqidagi xabarlar bir necha bor jahon matbuoti diqqatini tortgan edi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG