Breaking News

Xalq e'tiroziga qaramay, Gvatemalada prezident saylovlari o'tkazilmoqda


Gvatemalada korrupsiyada ayblangan prezident iste'foga ketganidan so'ng saylovlarni kechiktirish da'vatlariga qaramay, bugun mamlakatda prezident saylovlari o'tkazilmoqda. O'tgan hafta sobiq davlat rahbari Peres Molina sudga borganida yuzlab odam Oliy sud binosi yonida namoyish qilib, saylovni kechiktirishni talab qilgan edi.

Saylangan arbob yangi yildan lavozimga kirishadi. Ungacha esa rahbarlik vazifalarini sobiq Vitse-prezident Alexandro Maldonado bajaradi.

Molina 800 ming dollar pora olganlikda ayblanmoqda, biroq sobiq prezident sudda ayblovni inkor etdi.

"Menga bundan 10 baravar ko'p pora taklif qilishganida ham "yo'q" deganman", - dedi u.

Peres Molinaga rasman ayblov qo'yilgani yo'q. Seshanba kuni u yana sudga chaqirtirilgan.

Molina 2011-yilda saylanganida korrupsiyaga qarshi kurashishga va'da bergan edi. Qo'shma Shtatlar uning iste'fosini olqishlamoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG