Breaking News

AQSh mudofaa vaziri iste'fo berdi

AQSh Mudofaa vaziri Chak Xeygel (chapda) va Prezident Obama
AQSh Mudofaa vaziri Chak Xeygel (chapda) va Prezident Obama

Bugun AQSh Mudofaa vaziri Chak Xeygel iste'fo berdi. Prezident Barak Obama bu haqda bugun Oq uyda e'lon qildi. U Xeygelga ikki yillik xizmati uchun minnatdorchilik bildirdi. Vazir esa o'z navbatida Obama va uning siyosatini bundan keyin ham qo'llab-quvvatlashini bildirdi.

Obama ma'muriyatidan olingan ma'lumotlarga qaraganda, prezident so'nggi ikki hafta davomida milliy xavfsizlik kengashida bir necha bor majlis qilib, nihoyat juma kuni Xeygeldan lavozimini bo'shatishni so'ragan. Mudofaa vaziri demokrat prezident jamoasining yagona respublikachi vakili edi.

"Nyu-York Tayms" gazetasiga ko'ra, Obama Xeygelning "Islomiy davlat"ga qarshi kurashni eplay olishiga shubha bildirgan va boshqa odamni bu lavozimga tayinlamoqchi.

Kuzatuvchilar uch nomzod haqida mulohaza qilmoqda. Bular mudofaa vazirining sobiq o'rinbosari Mishel Flornoy, Roud-Aylend shtatidan senator Jek Rid va mudofaa vazirining sobiq muovini Eshton Karter.

Yangi vazir tayinlanmaguncha Xeygel ishini bajarib turadi.

Amerika Mudofaa vaziri Chak Xeygl ishdan ketadi

Qo&#39;shma Shtatlar Mudofaa vaziri Chak Xeygl dushanba kuni Prezident Barak Obamaga ishdan ketish qarorini e&#39;lon qildi. Obamaning aytishicha, vazir o&#39;tgan oy xizmatini yakunlash fursati yetgani haqida gap ochgan. Yangi vazir tayinlanguniga qadar Chak Xeygl ishini davom ettiradi.<br />
&nbsp;
1/11 Qo'shma Shtatlar Mudofaa vaziri Chak Xeygl dushanba kuni Prezident Barak Obamaga ishdan ketish qarorini e'lon qildi. Obamaning aytishicha, vazir o'tgan oy xizmatini yakunlash fursati yetgani haqida gap ochgan. Yangi vazir tayinlanguniga qadar Chak Xeygl ishini davom ettiradi.
 
Chak Xeygl, general Martin Dempsi Kapitoliyda, Qurolli kuchlar qo&#39;mitasida &quot;Islomiy davlat&quot;ga qarshi kurash borasida hisobot berayapti. 13-noyabr, 2014-yil.
2/11 Chak Xeygl, general Martin Dempsi Kapitoliyda, Qurolli kuchlar qo'mitasida "Islomiy davlat"ga qarshi kurash borasida hisobot berayapti. 13-noyabr, 2014-yil.
Chak Xeygl Pentagonda. 14-noyabr, 2014-yil.
3/11 Chak Xeygl Pentagonda. 14-noyabr, 2014-yil.
Mudofaa vaziri Chak Xeygl Shimoliy Karolinadagi harbiy mashqlarda askarlar bilan uchrashmoqda. 18-noyabr, 2014-yil.
4/11 Mudofaa vaziri Chak Xeygl Shimoliy Karolinadagi harbiy mashqlarda askarlar bilan uchrashmoqda. 18-noyabr, 2014-yil.
Prezident Barak Obama, Mudofaa vaziri Chak Xeygl Oq uyda matbuot bilan uchrashuvda Ebola xavfi haqida so&#39;zlayapti. 15-oktabr, 2014-yil.
5/11 Prezident Barak Obama, Mudofaa vaziri Chak Xeygl Oq uyda matbuot bilan uchrashuvda Ebola xavfi haqida so'zlayapti. 15-oktabr, 2014-yil.
Pentagon rahbari Chak Xeygl endi lavozimiga kirishgan paytda. 27-fevral, 2013-yil.
6/11 Pentagon rahbari Chak Xeygl endi lavozimiga kirishgan paytda. 27-fevral, 2013-yil.
Senator Chak Xeygl Nebraskada tarafdorlari bilan ko&#39;rishayapti. 18-dekabr, 2008-yil.
7/11 Senator Chak Xeygl Nebraskada tarafdorlari bilan ko'rishayapti. 18-dekabr, 2008-yil.
Prezidentlikka nomzod demokrat Barak Obama, Deyvid Petreus, Chak Xeygl Bag&#39;dodda. 21-iyul, 2008-yil.
8/11 Prezidentlikka nomzod demokrat Barak Obama, Deyvid Petreus, Chak Xeygl Bag'dodda. 21-iyul, 2008-yil.
Prezident Jorj Bush, Senator Chak Xeygl Nebraskada. 12-may, 2003-yil.
9/11 Prezident Jorj Bush, Senator Chak Xeygl Nebraskada. 12-may, 2003-yil.
Senator Chak Xeygl, Senator Jon Kerri Vyetnam memorialida. 7-mart, 1997-yil.
10/11 Senator Chak Xeygl, Senator Jon Kerri Vyetnam memorialida. 7-mart, 1997-yil.
Chak Xeygl (o&#39;ngda) Vyetnamda xizmatda. 1968-yilgi surat.
11/11 Chak Xeygl (o'ngda) Vyetnamda xizmatda. 1968-yilgi surat.
Previous slide
Next slide

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

This item is part of
XS
SM
MD
LG