Breaking News

Chak Xeygl Afg'oniston bilan xayrlashdi, urush esa davom etadi


AQSh Mudofaa vaziri Chak Xeygl va Afg'oniston prezidenti Ashraf G'ani, Kobul, 6-dekabr, 2014
AQSh Mudofaa vaziri Chak Xeygl va Afg'oniston prezidenti Ashraf G'ani, Kobul, 6-dekabr, 2014

AQSh Mudofaa vaziri Chak Xeygl kutilmaganda Afg'onistonga bordi. O'tgan hafta Xeygl ishdan ketayotganini e'lon qilgan edi. Uning o'rniga Eshton Karter, hozirda uning muovini, ko'rsatilgan.

Xeygl fikricha, afg'on armiyasi Tolibonga qarshi kurashni eplay oladi, biroq Amerika uni quvvatlab turishi lozim.

Qo'shma Shtatlar boshchiligidagi xalqaro koalitsiya bu zaminga kirganiga 13 yil bo'ldi va urush hamon davom etmoqda. Kelasi yildan boshlab, xorijiy qo'shin keskin kamayadi, biroq mahalliy qurolli kuchlarga yordam davom etadi.

Jangarilariga qarshi maxsus amaliyotlar ham tinmaydi, ularda Amerika kuchlari ishtirok etadi.

NATO jangovar missiyasini yordamchi missiyaga aylantirib, Afg'onistonda 12,500 askar qoldiradi. Ularning asosiy vazifasi afg'on qo'shinlarini treningdan o'tkazish va ularga madad ko'rsatish deb belgilangan.

NATO safidagi askardan 10,800 nafari amerikalik bo'ladi.

2010-yilda Afg'onistonda 130,000 chet ellik harbiy bor edi.

Xeyglning bugun Kobulda prezident Ashraf G'ani bilan yonma-yon turib aytishicha, kelayotgan yanvar oyidan binoan Amerika Afg'onistonda 10,800 askarga ega bo'ladi deya tasdiqladi.

Aslida 9800 deb rejalangan edi, lekin prezident Barak Obama vaziyatni qayta ko'rib chiqib, ular sonini yana bir mingga oshirishga ahd qilgan.

2016-yilga borib, AQSh qo'shinlari 5,500 ga tushadi, deydi Xeygl.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG