Breaking News
Din

Qaytadan masjidga aylantirilgan Ayasofiyada juma namozi o'qildi


Oy boshida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdog’an Istanbuldagi tarixiy Ayasofiya majmuasini muzeydan masjidga aylantirish qarori ketidan bugun bu yerda 1931-yildan beri ilk bor namoz o’qildi. Juma namozida davlat rahbarining o’zi, vazirlar va niqob taqqan yana minglab odam qatnashdi.

6-asrda nasroniy cherkovi sifatida qurilgan majmuadagi bugungi marosimga bir necha yuz mehmon taklif etildi. Ayasofiya tashqarisida ham minglab odam to’plandi.

Istanbul hokimi Ali Yerliqoyaning aytishicha, koronavirus epidemiyasi tufayli ibodat cheklangan bo’ladi.

Namoz vaqtlarida ichkarida Qibla tomonga qarab turgan nasroniy mozaikalar to’silishi aytilgan.

15 asrlik tarixga ega majmua avval nasroniy Konstantinopolda cherkov bo’lgan, usmoniy turklar 1453-yilda shaharni ishg’ol qilganidan so’ng masjidga aylantirildi. 1923-yilda Turkiyada dunyoviy respublika e’lon qilinadi, Ayasofiya esa 1935-yildan shu kungacha muzey vazifasini bajarib kelayotgan edi.

Ayasofiyani yana masjidga aylantirish qarorini Gretsiya, Qo’shma Shtatlar, Rossiya, YUNESKO tashkiloti va qator boshqa davlatlar tanqid qildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG