Breaking News

AQSh Xamas yetakchisini terrorchi deb e'lon qildi


"Xamas" guruhi yetakchisi Ismoil Haniya

AQSh Davlat departamenti Falastinning G'azo mintaqasini nazorat qiluvchi "Hamas" guruhi yetakchisi Ismoil Haniyani global terrorchilar ro'yxatiga qo'shdi.

AQSh allaqachon "Xamas" guruhini terrorchi tashkilot deb e'lon qilgan. Davlat departamentining yangi e'loniga ko'ra, Haniya tashkilot harbiy qanotiga aloqadorligi va Isroil fuqarolariga uyushtirilgan hujumlarga aralashgani uchun global terrorchi deb topilgan.

Ga'zo va G'arbiy Sohilda harakatlanuvchi "Harakat al-Sabirin" guruhi ham terrorchilar ro'yxatiga qo'shilgan. U Eron himoyasida ekani aytiladi.

Misrning "Liva al-Savra" hamda "Harakat Savad Misr" guruhlari ham endi global terror tashkilotlari ro'yxatida. Ular taqiqlangan "Musulmon birodarlar" partiyasiga aloqadorlikda ayblanadi.

Terrorchi tashkilotlar ro'yxatining kengaytirilishi Tramp ma'muriyati tashqi siyosatidagi ikki muhim yo'nalish doirasida amalga oshirilayotgani aytiladi. Tramp Isroilga qo'llab-quvvatlovni oshirishga hamda Yaqin Sharqda Eronning ta'sirini kamaytirishga va'da bergan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG