Livan sobiq bosh vaziri Rafiq Haririyning 2005-yildagi o’limini tergov qilgan maxsus xalqaro tribunal hukmida aytilishicha, “Hizbulloh” harakati yoki Suriya hukumatining voqeaga bevosita aloqadorligiga dalil yo’q.
Tribunal Haririyga qarshi suiqasd xuruji ketidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Livan hukumati bilan hamkorlikda Niderlandiyaning Leydsendam shahrida tashkil topgan.
“Hizbulloh”ga a’zo to’rt odam qotillikda ayblangan. Xuruj paytida Haririy va yana 21 odam o’lgan. Ayblanuvchilarning barchasi qidiruvda.
Tribunalning 2600 sahifalik hukmi bo’yicha xulosa bildirgan sudya Deyvid Rening aytishicha, Suriya va “Hizbulloh”da Haririy va uning siyosiy ittifoqchilarini yo’q qilishga sabab bo’lgan, biroq sud buni tasdiqlovchi dalillar topa olmadi.
“Hizbulloh” tribunalni AQSh va Isroil qo’g’irchog’i deya, uni noxolislikda ayblab keladi.
Rafiq Haririy Livanni 10 yil boshqargan. Uning o’limidan so’ng Suriya mamlakatdan qo’shinlarini olib chiqqan.
Livanda raqib siyosiy kuchlar o’rtasida kurash boshlanib, mamlakat haligacha o’zini tiklab olgani yo’q: iqtisodiy tanazzul, davlat tizimidagi korrupsiya - Livan yuzlashayotgan eng katta muammolar.
Facebook Forum