Breaking News

AQShda quldorlikka qarshi isyon fuqaro urushiga yetaklagan


Quldorlikka qarshi bosh ko'targan oq tanli amerikalik
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:39 0:00

Quldorlikka qarshi bosh ko'targan oq tanli amerikalik

Amerika fuqarolar urushi tugab, quldorlikka rasman barham berilganidan beri bir yarim asr o’tdi. G’arbiy Virjiniya shtatining Harpers Ferri shahri mittigina. Ko’plab qonli janglarga guvoh bo’lgan bu maskan bugun ochiq muzey.

Oq tanli Jon Braun 1859-yilda Harpers Ferri shahridagi qurol-aslaha omboriga hujum uyushtiradi. Maqsadi qullarni ozod etib, erkinlik uchun kurashish edi.

Dennis Fray – Harpers Ferri tarixiy obidalari bo’yicha bosh mutaxassis, tarixchi.

“Jon Braun quldorlardan nafratlangan. Qulchilik noinsoniylik deb bilgan. Masala qanchalik chigal ekanini bilgan bu shaxs qullarni faqat kuch bilan ozod etish mumkin deb hisoblagan. Qon to’kishga arziydi, degan”.

Jon Braun boshliq guruh qurol-aslaha omboridan 100 ming miltiqni o’marib, ularni qullar va faollar orasida tarqatishni ko’zlagan. Bu davrga kelib, ayrim shtatlarda qullar qo’yib yuborilgan edi. Boshqalarida esa minglab qora tanlilar hamon kimningdir mulki edi.

Jon Braun, deydi tarixchi Fray, janubiy shtatlarda qullarning ozod etilishini talab qilib chiqqan.

“Keyin esa ularning qo’liga qurol berib, mamlakatning istagan burchagiga ketishi uchun imkoniyat yaratish bo’lgan. Shimol tomon borsa, bu insonlar ish topishi, yangi hayot boshlashi mumkin edi”, - deydi Fray.

Jon Braun yetakchiligidagi guruh qurol-aslaha omborini egallaydi. Oradan bir yarim kun o’tib esa harbiylar qurshovida qoladi. Muzokara kechadi. Shartlarga ko’nmagan Braun hibsga olinadi.

“Isyonkor to’daning lideri Harpers Ferridan Charlston degan shaharga sudrab olib boriladi. Keyin uni qotillik va vatanga qarshi jinoyatlarda ayblab, sudlashadi. Oradan bir yarim oy o’tib Braun qatl etiladi. 1859-yilning 2-dekabrida”, - deydi Fray.

Harpers Ferri, G'arbiy Virjiniya
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:07 0:00

Oradan 158 yil o’tdi, lekin bu borada bahslar tinmaydi.

“Uni qonxo’r, hatto o’z zamonining terroristi deya tilga olishadi. Boshqalar uchun esa u erkinlik kurashchisi, qahramon”, - deydi Fray.

Sobiq qul, erkinlik uchun kurashgan Frederik Daglas Jon Braunning do’sti bo’lgan. Lekin uning qurolli harakatiga qo’shilmagan. Biroq, qiziq tomoni shuki, do’sti qatl etilgach, uning ishi jamiyat uchun foyda bo’ladi deb hisoblagan.

“Daglas fikricha, Jon Braun boshliq isyon fuqarolar urushiga yetaklagan muhim voqealardan biri bo’lgan. Qulchilikka barham berish ezgu maqsad edi. Amerika tarixidagi eng qora davrni yakunlash kerak edi”, - deydi Fray.

#AmerikaManzaralari: Harpers Ferri shahridamiz
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:19:13 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG