Amerikada "Uber" haydovchilari qancha topadi?

  • Amerika Ovozi

Amerikada yashovchi o'zbekistonlik muhojirlar orasida taksichilik qiladiganlar ko'p. Ularning ishi, oylik daromadi qancha? Nyu-York shahrida "Uber" taksi xizmatida ishlaydigan o'zbekistonlik Hasan Valijon bizga shu haqda gapirib berdi.

Shu o’rinda "Uber" haqida: "Uber" kompaniyasi telefondagi maxsus mobil ilova orqali aholiga taksi xizmatini ko'rsatadi. Istalgan odam o'z shaxsiy mashinasini shu xizmatga ulab, taksichilik qilishi mumkin. "Uber" 2009-yildan beri dunyoning 570 dan ortiq shahrida faoliyat yuritadi.

Ushbu xizmat orqali tirikchilik qilayotgan nyu-yorkliklardan biri - o'zbekistonlik Hasan Valijon.

Valijonning aytishicha, "Uber"ning gullab yashnagan davri 2013-2015-yillarga to’gri keladi. O'sha davrda haydovchilar haftasiga to'rt ming dollargacha daromad qila olgan va bu xizmat Nyu-York shahridagi an'anaviy taksi kompaniyalarining jiddiy raqobatchisiga aylangan.

Shaxsiy avto ulovingiz orqali yoki ijaraga avto ulov olib ham "Uber"da haydovchilik qilish mumkin. Ammo bu ishning o'ziga xos qiyinchiliklari ham bor. Shu va boshqa tafsilotlar haqida Valijon bilan o'tkazgan suhbatimizni tinglasangiz, bilib olasiz.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG