Breaking News

Urush jinoyatlarida ayblanayotgan Kosovo rahbari iste'fo berdi


Kosov Prezidenti Hoshim Toji

Kosovoda harbiy jinoyatlarni tergov qilish maqsadida 2015-yilda tashkil etilgan maxsus tribunal bu mamlakat prezidenti Hoshim Tojini urush jinoyatlarida ayblashi ketidan davlat rahbari iste’fo berdi.

Xalqaro hayot – 5-noyabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:12 0:00

Tojining poytaxt Prishtinadagi matbuot anjumanida aytishicha, Gaaga tribunali uni javobgarlikka tortishga hozirlanmoqda.

Toji iste’fosini izohlarkan, “men sud oldida Kosovo prezidenti sifatida turishni istamayman”, dedi u.

Tribunal yana 9 odamga insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblov qo’ydi.

Kosovoning 1998-1999-yillarda serb hokimiyatiga qarshi kurashi paytida Hoshim Toji “Kosovo ozodlik armiyasi” partizanlik harakatiga qo’mondonlik qilgan. Tribunal prokurorlariga ko’ra, u urush paytida 100 ga yaqin tinch fuqaro o’limiga mas’ul bo’lgan.

Iyul oyida Gaagada prokurorlar savollariga 4 kun davomida javob bergan Toji ayblovlarni inkor etmoqda.

Sud Kosovo qonuni asosida o’tkaziladi, biroq hay’atga boshqa mamlakatlardan sudyalar va prokurorlar kirgan.

Kosovo ozodligi uchun urushda 10 mingdan ziyod odam o’lgan, aksariyati mahalliy albanlar. NATO Serbiyani 78 kun davomida havodan o’qqa tutishi natijasida Kosovo Serbiyadan ajralib chiqishga muvaffaq bo’lgan. O’lka 2008-yilda mustaqilligini e’lon qildi. Belgraddagi hukumat Kosovo mustaqilligini tan olmaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG