Ozarbayjonda repressiya avjida

  • Amerika Ovozi

Mehmon Aliyev, "Turon" mustaqil axborot agentligi rahbari

Ozarbayjonda "Turon" mustaqil axborot agentligi rahbari Mehmon Aliyev qamaldi. Agentlik ishini to'xtatishi kutilmoqda. Yakkahokimlik hukmron davlatda jurnalistlar doimiy ta'qib va bosim ostida ishlaydi. Ular aksariyat hollarda hukumatga qarshi harakatda gumon qilinadi, qamaladi yoki boshqa adolatsizliklar bilan yuzlashadi.

Aliyev uch oyga ozodlikdan mahkum etilgan. U kecha, 24-agvust kuni, kechki payt hibsga olingan edi. Organlar jurnalistni 2014-2016 yillar orasida 22 ming dollar miqdorida soliq to'lamaganlikda ayblab chiqqan.

Aliyev deydiki, ayblov - uydirma. Uning aytishicha, bu tergov ishida birorta isbot-dalil keltirilmagan va uning o'zi ham masala bilan tanish emas. Aybi erkin ma'lumot tarqatishga uringani va jurnalistik ijodi ekanini da'vo qilayotgan sudlanuvchi o'zini Ozarbayjonda avj olayotgan repressiya qurboni deb biladi.

Muxolifatdagi "Musavat" partiyasi va Milliy Kengash (oppozitsion harakat) jurnalistni darhol ozod etishga chaqirmoqda.

Hukumatga ko'ra esa Aliyev sud tomonidan aybdor deb topildimi, demak, joyi qamoqda.

Ozarbayjonda muxolifatchilar va demokratiya faollari oldin ham ko'p marta soliq to'lamaganlikda ayblanib ozodlikdan mahrum etilgan.

Inson huquqlari bo'yicha xalqaro tashkilotlar tahlilicha, Ozarbayjon dunyoda erkinlik cheklangan davlatlar qatorida.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG