Breaking News

Isroil va Hizbulloh urushga hozirlanyaptimi?


Livanda Hizbulloh harakati Isroilni mamlakat janubidan haydaganidan 22 yil o’tib, ikki tomon yangi urushga hozirlanmoqda.

Xalqaro hayot – 22-may, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:50 0:00

Isroil aviatsiyasi qo’shni Suriyada hukumat askarlariga yordam berayotgan Hizbullohni nishonga olib turadi. Ba’zilar Isroilning so’nggi paytdagi harbiy mashqlarini Livanga qarshi hujumga tayyorgarlik sifatida ko’rmoqda.

Hizbulloh ham qo’shinlarini hozirlamoqda. Isroil provokatsiya qilsa, hujumga o’tishga tayyor ekanini aytadi.

Mintaqada ko’plab dushmanlarga yuz tutgan Isroil Hizbullohni eng katta va murosasiz tahdid deb biladi.

Isroil Livan tuprog’ini 20 yil oldin tark etgan bo’lsa-da, chegara hududlarda yashovchi aholi ishsizlikdan qiynalib keladi.

Chegaradagi Kfar Kila qishlog’ida yashovchi Obid Halaviy Livan janubidagi iqtisodiy vaziyatdan noliydi.

“Bu yerda hayot to’xtab qolgan. Ish yo’q, normal hayot yo’q, dollar ko’tarilib ketgan, hech kimning biz bilan ishi yo’q”, - deydi u.

Chegaradagi Kfarsho’ba shahri tepalikda joylashgan bo’lib, Isroil uni uch tomondan nazorat qilib turadi.

Isroil, Suriya va Livan chegarasi bo’ylab joylashgan bu anklav munozarali hudud hisoblanadi.

Isroil harbiy harakatlar boshlasa, Hizbulloh qo’shni mamlakatga qo’shin kiritishini bildirgan.

2018-yil oxirida Isroil chegara orqali o’tuvchi tunellarni aniqlab, yo’q qilgan.

“Isroil haligacha yerlarimizni egallab turibdi. Urush boshlansa, ularni qaytarib olishga umid qilamiz. Urushdan qo’rqmaymiz”, - deydi Kfarsho’ba hokimi Muhammad Qadriy.

2006-yilgi urush ketidan erishilgan sulh shartlariga ko’ra, hududni 1978-yildan beri nazorat qilayotgan BMT qo’shinlari soni oshirilib, 15 mingga yetkazilgan edi, biroq bugunga kelib ularning soni 10500 ga tushgan.

BMT kuchlari vakili Andrea Tenentining aytishicha, Livan armiyasi tayyor bo’lganida BMT qo’shinlari hududni tark etadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG