Breaking News

Oskar-2018: Nomzodlar e'lon qilindi


2018-yilning “Oskar” mukofoti g’oliblari taqdimoti Gollivudda 4-martga belgilangan.

AQSh kino olamining eng nufuzli “Oskar” mukofotiga nomzodlar e’lon qilindi. 24 yo’nalish bo’yicha saralangan ro’yxat boshida 13 nominatsiyaga da’vo qilayotgan fantastik melodrama “Suv shakli” (The Shape of Water) kartinasi turibdi. “Yilning end yaxshi filmi” nominatsiyasiga jami 9 ta film da’vogar.

“Yilning eng yaxshi aktrisasi” unvoni uchun Salli Xokins, Frensis Makdormand, Margo Robbi, Sirsha Ronan va Meril Strip nomzod.

Yilning eng yaxshi aktyori” unvoni uchun Timati Chalamet, Deniyel Deyluiz, Deniyel Kaluya, Gari Oldmen va Denzel Vashington da’vogar.

Bu yil "Oskar" mukofotiga kim da'vogar?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:49 0:00

“Yilning eng yaxshi xorijiy filmi” nominatsiyasi Livan, Rossiya, Vengriya, Chili yoki Shvetsiya kino ijodkorlaridan biriga nasib qiladi.

  • Livan ijodkorlari “Haqorat” (The Insult) kartinasi bilan “Oskar”ga davogar. Filmda livanlik nasroniy va falastinlik qochoq o’rtasidagi ziddiyat ikki jamoa to’qnashuviga olib kelishi tasvirlangan.
  • Vengriya kino ustalari “Vujud va ruh”(On Body and Soul) kartinasi muhabbat qissasi bo’lib, Yevropaning bir nechta nufuzli sovrinlariga loyiq deb topilgan.
  • Rossiyadan “Sevgisiz hayot” ("Loveless") kartinasi ham xalqaro kinomatograflar nazari tushgan asar. Unda katta shahar hayoti, ajrashayotgan oila kechinmalari aks etadi.
  • Chili kino ustalaridan “Ajoyib ayol” ("A Fantastic Woman") kartinasi turmush o’rtog’ini yo’qotgan yosh ayol iztiroblari haqida.
  • Shvetsiya film ijodkorlari yaratgan “Skver” ("The Square") kartinasi satirik-drama, xalqaro kinofestivallarda katta qiziqish bilan kutib olingan. Unda odamlarning bugungi turmishi, ahloq va mas’uliyat ochib beriladi.

Amerika kinoakademiyasining nufuzli mukofoti 1929-yildan beri beriladi. 2018-yilning “Oskar” mukofoti g’oliblari taqdimoti Gollivudda 4-martga belgilangan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG