Breaking News

Jangari filmlar zo'ravonlikni targ'ib qiladimi?


Chase and Brittany Boslet take pictures of smoke from the Las Pulgas fire burning on the Marine Corps Base Camp Pendleton near Oceanside, California, May 16, 2014.
Chase and Brittany Boslet take pictures of smoke from the Las Pulgas fire burning on the Marine Corps Base Camp Pendleton near Oceanside, California, May 16, 2014.
Konnektikut shtatidagi maktabda ro’y bergan fojea zo’ravonlikni targ’ib etuvchi filmlar haqidagi bahs-munozaralarni yana avj oldirdi. Gollivud kino ijodkorlarini ham bu masala bezovta qilmoqda. Ularning aytishicha, jangari filmlar Gollivudning asosiy mahsuloti va ularning yaqin orada g’oyib bo’lishi dargumon.

Gollivud va zo'ravonlik, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:56 0:00
Yuklab oling
Gollivud, asosan, ur-yiqit va qo’poruvchilik sahnalariga o’smirlarni jalb etish orqali daromad qiladi.

Tim Grey “Variety” ko’ngilochar biznes nashri muharriri. Uning aytishicha, filmlardagi zo’ravonlik haqidagi bahslar bundan 100 yil oldin, hatto undan avval ham bor edi.

“Qadimgi yunonlar yozgan tragediyalarga qarasangiz, aslida bu 2000 yil oldingi bahslar. Kolizeydagi gladiator janglari, zo’ravonlik va ko’ngilxushlik har doim bo’lgan. Lekin bugungidek keng yoyilmagan edi”, - deydi u.

Alfred Xichkokning “Psix” filmidagi bu lavha tasvir orqali emas, balki o’zaro muloqotda keladi. Shunday bo’lsa-da, u 1960-yilda tomoshabinlarni larzaga solgan.

Silvester Stallonening “Boshiga o’q” nomli yangi filmi tomoshabinni jangari sahnalar orqali jalb etishga urinadi.

“Tinch okeani chegarasi” nomli ilmiy-fantastik kartinada o’zga sayyoraliklarning yerga hujumi aks etgan.

Bir paytlar kino sanoatida prodyuser bo’lib ishlagan Jonatan Taplin hozir media tahlilchisi.

Uning aytishicha, kinolardagi voqea bayoni bugun zo’ravonlik, otishma va portlashlar orqali ko’rsatiladi.

“Jangari film o’z nomi bilan jangari film. Gollivud bunday filmlarni yaratishga usta. Qonli sahnalarsiz ular yosh tomoshabinlarni qanday jalb etishni bilmaydi”, - deydi tahlilchi.

AQSh qurol uyushmasi vitse-prezidenti Veyn Lapiyer real hayotdagi zo’ravonliklar uchun aybni kompyuter o’yinlari va jangari filmlarga yuklaydi. Gap qurollarni nazorat qilishda emas, deydi u.

Taplinga ko’ra, Gollivud kinolarini ko’radigan boshqa mamlakatlarda bunday muammo yo’q.

“Ko’plab davlatlarda Gollivud filmlarini ko’rishadi. Lekin u yerlarda bolalarni ommaviy qirish hodisalari uchramaydi”, - deydi tahlilchi.

Ammo Taplin ham ayrim filmlardagi haddan ortiq zo’ravonlikdan xavotirda. Masalan, Kuentin Tarantinoning “Kishansiz Jango” nomli yangi kartinasida fuqarolar urushi davrida qullikdan ozod bo’lgan insonning shafqatsiz kurashi aks etgan.

Konnektikutda bo’lib o’tgan qatliom Gollivud ijodkorlarini ham o’ylantirib qo’ydi. Ayrimlar kinolardagi shafqatsizlik darajasini pasaytirish payti keldi, degan fikrda.

“Odamlar Konnektikutdagi otishma bu borada biror o’zgarish yasasa kerak deb kutishyapti”, - deydi muharrir Tim Grey.

Ammo yoshlarda zo’ravon filmlarni tomosha qilishga bo’lgan qiziqish aslo susaygani yo’q.

Jangari filmlar ta'siri/Hollywood violence
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:54 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG