Breaking News

Gonkongda 53 kishi, jumladan sobiq qonunchilar, hibsga olindi


Gonkong politsiyasi milliy xavfsizlik haqidagi yangi qonun asosida reydlar o’tkazib, 53 kishini hibsga olgan. Ular orasida demokratik harakat faollari, sobiq qonunchilar, siyosatchilar va yuristlar bor. Hukumat bu odamlarni Gonkong ma’muriyatini ag’darish rejasida ayblamoqda.

Xalqaro hayot – 6-yanvar, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:28 0:00

Hibsga olinganlar iyul oyida 600 mingdan ziyod gonkonglik qatorida mahalliy qonunchilik organiga nomzodlarni aniqlashga qaratilgan norasmiy tanlovda qatnashgan. Sentabr oyiga belgilangan saylovlar koronavirus pandemiyasi sabab bir yilga qoldirildi.

Politsiya AQSh fuqarosini ham hibsga olgan. Advokat Jon Klensi “Osiyo inson huquqlari komissiyasi” deb nomlanuvchi nodavlat tashkilotni boshqaradi.

Inson huquqlari himoyasi bilan shug’ullanuvchi xalqaro tashkilotlar hibsga olishlarni tanqid qilmoqda.

Shahardagi eng yirik muxolif partiya Gonkong Demokratik partiyasining kamida 7 a’zosi, jumladan sobiq raisi Vu Chi Vay ham hibsda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG