Breaking News

Nyu-Meksiko havo sharlari festivali: "Bunaqasini boshqa joyda ko'rmaysiz"


Havo sharlari festivali, Nyu-Meksiko shtati
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:46 0:00

Har yili oktabrda Nyu-Meksiko shtati, Albakerki shahri osmoni havo sharlari bilan to’ladi. 48 yillik an’ana.

Gari Miklik havo sharini boshqarishda 32 yillik tajribaga ega. Albakerki havo sharlari xalqaro festivaliga 20 yildan beri kelaman, deydi u. Mana 48 yildirki, Nyu-Meksiko uzra yuzlab sharlar havoga ko’tariladi - unutilmas manzara.

“Sharda yer yuziga yaqinroq yoki balandroqda parvoz qilsa bo’ladi. Shunchaki Yer uzra uchib yuradigan aviatsiya turlari sanoqli. Havo sharida bir marta osmonga ko’tarilsangiz, mahliyo bo’lib qolasiz”, - deydi pilot.

Nyu-Meksikoda o’tadigan yillik festival - eng kattasi. Bu yili tadbirda AQSh va yana 17 mamlakatdan 550 uchuvchi qatnashdi. Turli shakl va o’lchamdagi sharlarni ko’rish uchun 800 ming odam keldi.

Kechki payt “olovli” manzarani tomosha qilasiz. Tongda esa ommaviy ko’tarilish tadbiri. Quyosh chiqayotganda, bir soat ichida yuzlab havo sharlari birin-ketin falakka ko’tariladi.

“Festivalga 40 yildan beri kelaman, shu shtatda ta’lim olganman. Har doim bayramdek o’tadi”, - deydi Jill Levin.

“Nyu-Meksikoga xos bayram. Bunaqasini boshqa joyda ko’rmaysiz”, - deydi yana bir qatnashchi Reyna Naranho.

“Bu yerga kelish an’ana bo’lib qolgan. Oktabr keldimi, sharlar uchishini hamma biladi”, - deydi Umar.

“Havo sharlarini hayotda ko’rmagan edim. Nyu-Meksikoda bo’lib qolsam deb orzu qilib yurardim, qarindoshlarim meni olib kelishdi. Orzum ushaldi”, - deydi Jeykob.

Sharlarni katta bir maydonda joylashtirganmiz, odamlar butun jarayonni yaqindan ko’ra oladi, deydi festival koordinatori Sem Parks.

“Kecha odamlar orasida yurib, bir bola onasiga “bugun eng zo’r kun” deganini eshitib qoldim. Mana shunday so’zlarni eshitganda xursand bo’lamiz, odam ishidan zavq oladi”, - deydi Parks.

Festivalga muntazam keladiganlarga ham bu tanish tuyg’u.

“Havo sharida parvoz qilishga qiziqadiganlar albatta bu festivalga kelishi kerak. Men kabilar qayta-qayta kelaveradi”, - deydi pilot Gari Miklik.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG