Breaking News

Dilorom Is'hoqova: Andijon fojiasi - O'zbekiston tarixidagi katta dog'


Andijonning Bobur maydoni, qo'liga qurol ko'targan namoyishchilar, 13-may 2005

2005-yilning 12-13 mayida Andijonda nima bo’lgani haqida, oradan yetti yil o’tib ham, ko’pchilik bilmaydi. Hokimiyatga qarshi qurolli qozg’olon edimi u? Yo oddiy, tinch aholining davlat rahbari bilan uchrashish, undan yordam olish uchun qilgan harakati?

Hukumat voqeani terrorchilarning ishi deb topgan va yuzlab insonlar sudlanib, qamoqqa tashlangan. Andijondagi turmaga bostirib kirgan insonlar kim edi degan savolga “davlat dushmanlari” degan javob olasiz.

Xalqaro matbuot, ayniqsa G’arb jurnalistlari fojiani ancha boshqacha yoritgan. Ularga ko’ra, siyosatdan norozi odamlar bosh ko’targan va hukumat namoyishlarni bostirish uchun ularga qarshi qurol ishlatgan, yuzlab fuqarolar otib o’ldirilgan.

Xo’sh, O’zbekiston ahli Andijonni qanday eslaydi?

Taniqli qalamkash, muxolifatdagi faoliyati va tanqidiy fikrlari bilan nom qozongan Dilorom Is'hoqova (Дилором Исҳоқова) nazarida Andijon deyarli tilga olinmaydigan mavzu. Nima uchun?

Dilorom Is'hoqova: “Bu O’zbekiston tarixidagi eng katta dog’lardan bittasi. Shuning uchun iloji boricha uni unutishga harakat qilishadi va shuning uchun ham tilga olinmaydi... Adolat ta’minlanmagani uchun va mana shunday qo’rqinchli voqea yuz bergani uchun, o’z xalqini o’zi qirg’in qilgani uchun. Kuni-kecha men bir olim odam bilan ko’rishgan edim. Andijon voqealari deb tilga olgan edim, u odam mendan juda xafa bo’ldi. Nima uchun Andijon voqeasi deb gapirasiz, Andijon fojiasi deb ayting, dedi. Qanchalik buni xaspo’shlashga urinmasin, bu borada gapirmasdan sukut saqlashsin yoki buni bir boshqacha qilib ko’rsatishga urinishmasin, bu bo’lgan narsa fojialigicha qoladi. Begunoh odamlarning, ayollar va bolalarning o’limi, bularning hammasiga hali kelajakda javob berishga to’g’ri keladi”.

Andijondagi voqealar qayta yuz bermasligi uchun hukumat ko’rgan choralarni qanday baholaysiz?

Fojia ketidan qazilgan qabrlar...
Fojia ketidan qazilgan qabrlar...
Dilorom Is'hoqova: “Bilasizmi, ko’riladigan choralar menga hamisha g’alati tuyuladi. G’alatiligi shundan iboratki, o’sha yerda ijtimoiy muammolardan nolib, adolat istab ko’chaga chiqqan odamlar o’qqa tutildi. Endi bu voqealar qayta takrorlanmasligi uni, gaykalarni yanada qattiq qilib, repressiyani kuchaytirish bu voqealar qaytalanmasligi uchun kafolat deb bilmayman. Har qanday xalqning, hatto u o’zbek xalqi bo’lsa ham, sabrning chegarasi bo’ladi. Matonat va chidamning ham chegarasi bo’ladi. Mana shu chegaralar buzilganida, odamlar haqqini talab qilib baribir ko’chaga chiqadi”.

Andijonda bugun manzara o’zgacha. Fojia yuz bergan joylarda yangi binolar, inshootlar qad ko’targan. Yangi maydon, ko’chalar, xiyobonlar. Lekin, deydi suhbatdosh, ko’rinishni yangilash bilan odamlarning ruhiyatini o’zgartira olmaysiz.

Bugungi Andijon
Bugungi Andijon
Dilorom Is'hoqova: “Men ham Andijonda bir necha marta bo’ldim voqealardan keyin… Haqiqatda, Andijon juda chiroyli bo’lgan. Lekin uni chiroyli qilish uchun, u yerga pul o’tkazib, ko’chalarni ta’mirlash, imoratlarni qurish uchun Andijon fojiasi bo’lishi shart emas edi. Bu xalq farovonligi uchun qilinayotgan ish emas, balki fojiani xalq xotirasidan o’chirish uchun… O’sha joylardan o’tayotgan insonlar mana bu yerda falonchining o’ligi yotgan edi, mana bu yerda otishma bo’lgan edi, yosh bola qonga belanib yotgan edi yoki homilador bir ayolning bolasi qornidan chiqib yotgan edi degan gaplarni unuttirish uchun qilinayotgan ishlar. Bu juda eski xarobaning ustidan chiroyli kraska tortib qo’yish bilan bir xil narsa”.

Ko’plab tahlilchilar fikricha, arab dunyosidagi inqilobu qo’zg’olonlar Markaziy Osiyo rahbarlarini, xususan, O’zbekiston hukumatini ham ancha cho’chitib qo’ygan va shu sabab nazorat bugun yanada kuchaygan. Norozilik bildirish, namoyish qilish bugun deyarli mumkin emas deyishadi. Siz qanday fikrdasiz?

O'zbekistonning o'sha paytdagi Ichki ishlar vaziri Zokir Almatov chet ellik jurnalistlar bilan, Andijon, 18-may 2005
O'zbekistonning o'sha paytdagi Ichki ishlar vaziri Zokir Almatov chet ellik jurnalistlar bilan, Andijon, 18-may 2005
Dilorom Is'hoqova: “Hozirgi kunda deyarli mumkin emas, xalqda juda katta qo’rquv bor. O’zbekistonda xalqni birlashtirib, uning kayfiyatini bir yo’lga boshlaydigan lider yo’q. Masalan, kichkina bir yig’ilish qilish ham hozir O’zbekistonda mumkin emas. Men “Birdamlik” da ishlagan paytimda, 30 kishini chaqirib qurultoy o’tkazmoqchi bo’lganmiz. Unga aytilgan biror vakil viloyatlardan yetib kelolmagan. Hamisha to’sqinlik qilishadi, hamisha tergaydi, olib ketishadi yoki uyiga o’tqazib qamashadi”.

Odamlar orasida o’zaro ishonch yo’qolgan, bir-biridan shubhalanish, milliy xavfsizlik xizmatiga ishlayotgan bo’lishi mumkin deb gumonsirash keng tarqalgan. Bu hukumatga nisbatan o’sha siz aytgan qo’rqinch mahsuli-mi yoki yoki boshqa sabablari ham bormi?

Andijon, 17-may 2005
Andijon, 17-may 2005
Dilorom Is'hoqova: “Bu bizning mentalitetimizda bor narsa, faqatgina mavjud sharoit ana shuni bo’rttirib ko’rsatayapti. Bir-biriga ishonchsizlikni, hamisha shubha bilan qarashni, mana shu shubha ham, hamma narsa, nazarimda, qo’rquvning oqibati. Mana shu - insonlarning yuragiga solingan g’ulg’ula, qo’rquv… Kimdir o’zini ehtiyot qilib, uyda o’tiradi; kimda bolalarini ehtiyot qilib, hech narsaga aralashma deyish bilan ko’rinadi; kimda esa men bir gap aytib qo’ydim bir joyga yetkazmasmikan degan bir qo’rquv… Bu hammasi – qo’rquvning har xil ko’rinishi…”.

Tashqi dunyo, xususan, erkinlik va huquq targ’ibotchilari, Amerika va Yevropa Ittifoqi nima qilib berishi mumkin?

Dilorom Is'hoqova: “O’zbekiston bilan muloqot qilish befoyda, Yevropa Ittifoqi va boshqalar gaplashmasligi kerak, hech ta’sir qilib bo’lmaydi, sanksiya qo’yishi kerak degan fikrdan juda yiroqman. Menimcha, bu teskari natija beradi. Chunki ichkaridan qulflanib olingan, o’zi hamma narsaga xo’jayin davlatni eslolmaymanki, o’sha yerda ozgina bo’lsa ham demokratik ko’rinishlar bo’lganini. Hech narsa qilolmasligi mumkin, lekin maqol bor: suv tomaversa, toshni bir joyini o’yib ketadi. Xuddi shu ma’noda baribir ta’sir o’tkazishdan to’xtamaslik kerak, harakat qilish kerak. Diplomatik yo’l bilan bo’ladimi, qaysi yo’l bilan bo’ladi, albatta gapirib turishi kerak. Eslatib turish kerak, mana shunday holat bor deb. Inson huquqlarining ahvoli mana shunday deb. Erkinlikning ahvoli mana shunday deb O’zbekistonda. Doimiy takrorlab turish kerak. Foydasi yo’q deb indamay turish buni yanada avj oldiradi. Eng katta qudrat – so’zda. Faqatgina o’shani topib gapirish muammo. O’sha so’zni eshitadigan xalqni topish muammo."

Andijon fojiasidan yetti yil o'tib... Haqiqatni kim biladi?

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova "Amerika Manzaralari" turkumidagi ilk teledasturlar muallifi. TV, radio va onlayn diktor, prodyuser, muxbir va muharrir. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America and a leading Washington-based authority on geopolitics and national development in Central Asia. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for over 15 years on TV, radio and online. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Masters in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Imamova played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented nearly 800 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari,” which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She is frequently asked to speak on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences, including the U.S. Foreign Service Institute, Princeton University, Columbia University, Johns Hopkins University, Georgetown University, George Washington University, Michigan State University, the University of Wisconsin, Northeastern University, and her alma mater Harvard University. Her essays on the region have been published in journals and edited volumes, including Central Eurasian Studies Review and Demokratizatsiya: The Journal of Post-Soviet Democratization.

    She began her career at the Uzbek state broadcaster. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from Maharaja’s College at the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University.

Fikringiz

XS
SM
MD
LG