Breaking News

Uyg'ur jurnalisti Magnitskiy Inson huquqlari sovrindorlari orasida


"Ozod Osiyo" jurnalisti Gulchehra Ho'ja
"Ozod Osiyo" jurnalisti Gulchehra Ho'ja

Londonda Sergey Magnitskiy nomidagi Inson huquqlari mukofotining taqdimot marosimi o’tkazildi. 2015-yilda ta’sis etilgan mukofotga bu yili Rossiya qamog’ida o’tirib chiqqan ukrainalik rejissor Oleg Sensov, o’tgan yili Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligida o’ldirilgan saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchi, “Rappler” internet axborot sahifasining asoschisi Mariya Ressa va “Ozod Osiyo” radiosining uyg’ur jurnalisti Gulchehra Ho’ja sazovor bo’ldi.

Uyg'ur jurnalisti Magnitskiy Inson huquqlari sovrindorlari orasida
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:04 0:00

Qamoqdan sentabr oxirida ozod etilgan Oleg Sensov mukofotni o’tgan yili olishi kerak edi. U 2014-yil mayida Qrimda terrorizmga aloqadorlikda ayblanib, 20 yilga qamalgan.

Mukofotni Sensovga marhum amerikalik senator Jon Makkeynning qizi Megan topshirdi.

“Uni qiynashgan. 20 yilga qamalgan edi. Sibirga jo’natishgan edi. Ko’p azob-uqubat chekdi. Uning irodasini qamoqda sindirishga harakat qilishdi. Ammo bu Sensovni yanada kuchli qildi”, - dedi u.

Sensov Rossiya qamoqxonalarida saqlanayotgan yuzlab vatandoshlarining ozod etilishini talab qildi.

“Ayni damda 100 ga yaqin odam Rossiya qamoqlarida o’tiribdi. Aksariyati Qrim-tatarlar. Rossiya nazoratidagi Donbassda esa bo’lginchilar yana 200 dan ortiq odamni ushlab turibdi. Barchasi ozod etilishi kerak, chunki ularni noqonuniy qamashgan, Kreml ularni garovga olgan”, - dedi Sensov.

Londondagi marosimda uyg’urlarning Xitoydagi ayanchli hayotini yoritib borayotgan jurnalist Gulchehra Ho’ja ham sharaflandi.

“Dunyoning Xitoy qilmishlariga sukut saqlayotgani Pekinni konsentratsion lagerlarni kengaytirishga ilhomlantirdi. Lagerga tushmaganlar esa mirshab davlatning ommaviy nazorat tizimi ostida jabr ko’rmoqda”, - dedi Vashingtondagi “Ozod Osiyo” radiosi muxbiri.

Magnitskiy mukofoti 2008-yilda hibsga olinib, bir yildan so’ng Rossiya qamog’ida kaltaklanib o’lgan advokat Sergey Magnitskiy xotirasiga ta’sis etilgan.

Saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchi o’limidan so’ng sovringa loyiq deb topildi. Mukofotni uning o’sha paytdagi qaylig’i qabul qildi.

“Sergey Magnitskiy va Jamolning ruhlari hozir biz bilan. Va bizga tabassum bilan qarashmoqda. Jamolni bu dunyodan olishgan bo’lsa-da, uning ishi va qadriyatlari uchun kurashishda davom etamiz”, - dedi Hadicha Chingiz.

Magnitskiy mukofotiga asos solgan britan moliyachisi Bill Brauder harakatlari tufayli AQSh Kongressi 2012-yilda Rossiyaga qarshi qonun qabul qilib, unga Brauderning advokati bo’lgan Magnitskiy nomini berdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG