Breaking News

"Human Rights Watch" Assad va Putinni harbiy jinoyatlarda ayblamoqda


Idlib, Suriya

Inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi “Human Rights Watch” tashkilotiga ko’ra, Suriya va Rossiya harbiylari Suriyaning Idlib viloyatida tinch fuqaro inshootlariga ataylab hujum qilib, harbiy jinoyatlarga qo’l urgan. Tashkilot bu ishlarda shaxsan ikki davlat rahbarlarini mas’ul tutarkan, Bashar Assad va Vladimir Putinni sudga tortish kerak, deydi.

Xalqaro hayot – 15-oktabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:45 0:00

Guruhning bugun chop etilgan hisobotida aytilishicha, 2019-yil aprelidan 2020-yil martigacha bo’lgan davr mobaynida Idlibdagi muxolif kuchlarni yengish maqsadida kasalxonalar, maktablar, bozorlarga havo va yerdan jami 46 ta hujum amalga oshirilgan.

“Bu inshootlarga hujumlarni asoslash uchun yaqin atrofda birorta harbiy inshoot yoki dushman askari bo’lmagan”, - deydi “Human Rights Watch” tashkilotining ijrochi direktori Kennet Rot.

Hisobotda ushbu hujumlarni amalga oshirishga mas’ul 10 nafar harbiy va siyosiy arbobning ismlari keltiriladi. Assad va Putin ham shu ro’yxatda.

“Har ikki rahbar bir-birini bo’layotgan voqealar haqida xabardor qilib turgan. O’rtada “bilmabman” degan so’z yo’q. Ular vaziyatdan juda yaxshi xabardor bo’lgan, tinch aholiga qarshi hujumlarni to’xtatishga harakat qilgani haqida bizda dalil yo’q”, - deydi Rot.

Tashkilot bu ishlarga mas’ul rasmiylarga qarshi sanksiya qo’llab, xorijdagi mulklarini muzlatishga chaqiradi.

Mart oyida suriyalik isyonchilarni qo’llab-quvvatlayotgan Turkiya Rossiya bilan sulhga kelishishi natijasida Idlibda vaziyat barqarorlashgan.

Tashkilot hisobotida aytilishicha, qayd etilgan 46 hujumda kamida 224 fuqaro nobud bo’lgan. Hujumlardan maqsad aholini Idlibni tark etishga majburlash bo’lgani aytiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG