Bu hafta Turkiyada yana 1000 kishi hukumatga qarshi qora ishlarda gumon qilinib, ishdan olingan. O'tgan bir yil mobaynida 150 ming fuqaro shu tarzda tirikchilikdan ayrilgan. Norozi aholi namoyishlarni to'xtatmayapti, ayrimlar ochlik e'lon qilgan.

Professor Nuriye Gulmen va muallim Semih Ozakja besh oydan beri ovqat yemaydi. Tuzumni ular tinimsiz adolatsizliklarda, demokratiyaga zid harakatlarda ayblaydi. O'qituvchilarning ochlikda o'tirishini ko'pib, butun mamlakat bo'ylab tarafdorlar ko'chagan chiqqan.

Ularga politsiya bosimi oshgan. O'nlab odamlar hibsda.

Nuriye Gulmen, adabiyot professori va Semih Ozakja, maktab o'qituvchisi dunyoviy tuzum tarafdori ekanini aytib, hukumatni tuhmatda ayblaydi
Nuriye Gulmen, adabiyot professori va Semih Ozakja, maktab o'qituvchisi dunyoviy tuzum tarafdori ekanini aytib, hukumatni tuhmatda ayblaydi

Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu ochlik e'lon qilgan ziyolilarni dushman deb hisoblaydi.

"Kechirasiz, bolalarimizni bunday terroristlar o'qitmasligi kerak. Yosh avlodni bu kimsalarga ishonmaymiz", - deydi vazir.

Gulmen va Ozakja islomiy rahnamo Fathulla Gulen, hozirda Amerikada yashaydigan taqvodor yetakchiga ergashganlikda ayblanadi. Lekin ularning har ikkisi bu ayblovni inkor etib, dunyoviy va liberal qarashdagi insonlar deya ta'riflaydi.

Hukumat tomonidan terrorist deb tamg'alangan Gulen ham unga yog'diriladigan ayblovlarni tuhmat deb biladi.

Siyosiy tahlilchi Chingiz Aktar deydiki, Turkiyada bugun har tomonlama qo'rqinch va ishonchsizlik hukmron.

"Mantiqdan yiroqmiz. Kim do'st, kim dushman, kim qay tarafda va qay mafkuraga ergashadi - hech kim hech kimga ishonmaydi. Ochlik e'lon qilganlar hozir ko'plar nazarida qahramonlar lekin ular ertaga jon berishi mumkin. O'lishini xohlamaymiz lekin agar o'lsa, vaziyat og'irlashadi. Jamiyatni nazorat qilish qiyinlashadi", - deydi ekspert.

Gulmen va Ozakjaning suratlari va ism-shariflari bitilgan joylar ko'p. Namoyishchilar tarqalmoqchi emas.

"Chuqur iztirobdaman. Yashashdan naf nima hozir? Yashash bu erkinlik degani axir. Biz adolatsizlikka bosh egmaymiz. Huquq va erkinlik talab qilaveramiz", - deydi namoyishga chiqqan ayollardan biri.

Hukumat och o'tirgan ikki ziyoli zo'rlab ovqatlantiriladi deya ogohlantirmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG