Breaking News

Xalqaro jinoiy sud Venesuelada insoniyatga qarshi jinoyatlarga oid da'volarni tergov qilishga kirishdi


Xalqaro jinoiy sud Venesuelada Prezident Nikolas Maduro hukumatining insoniyatga qarshi jinoyatlarga qo’l urgani haqidagi da’volarni tergov qilishga rasman kirishmoqda.

Xalqaro hayot – 4-noyabr, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:15 0:00

Bu haqda poytaxt Karakasga uch kunga safar qilgan sud bosh prokurori Karim Xon e’lon qildi. U Maduro bilan uchrashib, anglashma memorandumini imzoladi.

Gaagada joylashgan BMT qoshidagi sud 2017-yilda bir necha oy Venesuelada davom etgan norozilik namoyishlari va xavfsizlik kuchlarining namoyishlarga munosabati ketidan berilgan da’volarni ko’rib chiqadi.

“Venesueladagi “ajralish chiziqlari” va “geosiyosiy bo’linishlar”dan xabardorman. Biz siyosiy tashkilot emasmiz. Biz qonuniylik va qonun ustuvorligi tamoyillari asosida ish olib boramiz. Idoramga ishimizni bajarishimiz uchun imkoniyat berilishini so’rayman”, - dedi Karim Xon.

Maduro tergovni boshlash qaroriga qo’shilmasligini aytsa-da, haqiqat va adolat qaror topishi uchun samarali hamkorlikni ta’minlashga so’z berdi.

2017-yil namoyishlari Oliy sudning davlat rahbari vakolatlarini kengaytirishi va o’sha paytda muxolifat nazoratidagi parlament vazifalarini cheklashi ketidan yuz bergan. O’shanda 120 dan ortiq odam o’lgan, minglab fuqaro jarohat olgan.

Hukumatni jinoyatlarda ayblayotgan o’nlab venesuelaliklar Karim Xon diqqatini o’ziga tortish maqsadida bugun namoyish qildi.

“Farzandlaridan ayrilgan onalarmiz. Karim Xon dardimizga quloq soladi degan maqsadda chiqdik”, - dedi ulardan biri.

Shu kungacha asosan Afrikadagi davlatlarda insoniyatga qarshi jinoyatlar bilan bog’liq da’volarni ko’rgan sud uchun Venesuela Lotin Amerikasida tergovga yuz tutayotgan ilk mamlakatdir.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG