Breaking News

Amerika yirik shaharlarida noqonuniy muhojirlarga qarshi reydlar boshlandi


Arxiv surat
Arxiv surat

14-iyuldan boshlab AQShning to'qqiz shahrida, jumladan Nyu-York, Chikago, Los-Anjelesda noqonuniy muhojirlarga qarshi reydlar o'tkazildi. Deportatsiyaga qaror qilingan 2000 ga yaqin odam ushlandi.

Reydlar Kongressdagi demokrat qonunchilar g'azabiga sabab bo'ldi. Biroq Prezident Donald Tramp tarafdorlari amaliyotni oqlishlamoqda.

San-Fransisko meri Landn Brid Tramp ma'muriyati harakatlariga qaramay, shahar migrantlar uchun boshpana bo'lib qolishini aytdi. Nyu-Yorkda esa odamlar reydlarga qarshi namoyishga chiqdi.

"Reydlar va reydlar haqidagi do'q-po'pisalar hammani qo'rquvga solib, jamoalarimizga salbiy ta'sir qilmoqda. Odamlar ko'chaga chiqishga qo'rqyapti", - deydi faollardan biri Karina Kaufman Guterres.

Kongressdagi ba'zi qonunchilar migrantlar hibsxonalarda to'lib ketganini, antisanitariya holatida saqlanishayotganini aytmoqda.

"Hech kimga ozor bermagan, AQShda boshpana olish uchun qonuniy ariza bergan begunoh ayollar va oilalarni ushlashning hojati yo'q edi", - deydi Nyu-Yorkdan Vakillar palatasiga saylangan demokrat kongressmen Aleksandriya Okasio-Kortez.

AQSh rasmiylariga ko'ra, har oy chegaradan 100 ming muhojir noqonuniy o'tmoqda, chora buning oldini olishga qaratilgan. Respublikachilar inqiroz haqida bong urmoqda.

"Oylar oldin zudlik bilan chora ko'rishga chaqirganmiz, ammo ba'zi hamkasblarim inqiroz sun'iy ekanini aytishgan edi", - deydi arizonalik respublikachi Endi Biggs.

Prezident tarafdorlari immigratsiya tizimida ko'plab kamchiliklar borligiga ishora qilib, sistemani isloh qilishga chaqirmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG