Yaqindagina Xelena to'fonidan jabr ko'rib, o'nlab rezidentlaridan ayrilgan Florida shtatiga 9-oktabr oqshomida Milton to'foni urilishi kutilmoqda. Ushbu to'fon AQSh tarixidagi eng qudratli ofatlardan biri bo'lishi taxmin qilinmoqda. 8-oktabr tongida to'fon episentri Tampa shahridan 835 kilometr masofada ekan, uning shamoli tezligi soatiga 240 kilometrga yetgan.
Ayni damda sohilga yaqin aholi xavfsiz joylarga ko'char ekan, yoqilg'i shoxobchalarida benzin qolmagan, ko'chalar tirband, do'kon rastalari bo'shab qolgan, aviareyslar bekor qilingan, hayvonot bog'idan hayvonlar ham evakuatsiya qilinmoqda, ko'mak uchun harbiylar jalb etilgan, odamlar o'z uylarini qum qoplari bilan qo'rg'onlamoqda.
Facebook Forum