28-avgust kuni Ispaniyaning Valensiya tevaragidagi Bunyol shaharchasida an'anaviy "La Tomatina" festivali bo'lib o'tdi. 22 mingga yaqin odam qatnashgan "Pomidor jangida" 150 mingdan ziyod pomidor otilgan. Festival Ispaniyaga minglab sayyohlarni jalb qiladi. Ayrim guruhlar festivalni isrofgarchilik uchun tanqid qiladi.