Qish qahratoni tufayli Kapitoliy binosining ichkarisiga ko'chirilgan Inauguratsiya marosimida 45-prezident Donald Tramp to'rt yillik tanaffusdan so'ng 47-prezident sifatida qasamyod keltirdi. Bayden ma'muriyatini siyosiy uquvsizlik va korrupsiyada ayblagan Tramp asossiz jinoiy ayblovlar va suiqasdga urinishlardan yaratganning panohida omon qolgani, bu ilohiy voqelik Amerikani tanazzuldan qutqarish uchun lozim bo'lganini, AQShda "oltin davr" boshlanishini aytdi.