Breaking News

Qo'shma Shtatlar O'zbekistonni Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi


Qo'shma Shtatlar O'zbekistonni Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi
Qo'shma Shtatlar O'zbekistonni Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi

AQSh Davlat kotibi Xillari Klinton bayonot berib, O'zbekiston mustaqilligining 19 yilligi munosabati bilan prezident Barak Obama nomidan o'zbek xalqini tabriklagan.

"Shu paytga qadar O'zbekiston bilan fan va ta'lim, savdo hamda boshqa sohalarda hamkorlik qilganimizdan xursandmiz. Ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlanishiga umid qilamiz" - deyiladi Klinton tabrigida.

AQShning Toshkentdagi elchixonasi muvaqqat ishlar vakili Dueyn Bucher ham shu mazmunda bayonot chiqargan.

Quyida ushbu tabrikning to'liq matni.

"Amerika Qo'shma Shtatlari nomidan O'zbekiston xalqini Mustaqillikning 19 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman.

Yaqin yillarda biz ikki mamlakat o'rtasidagi aloqalar mustahkamlanayotgani va hamkorlik tobora kengayib borayotganini kuzatmoqdamiz. Biz fan, qishloq xo'jaligi, ta'lim almashinuvi, savdo va boshqa sohalarda O'zbekiston xalqi bilan ish olib borishdan faxrlanamiz. Kelgusi yilda bu boradagi faoliyatimiz davom etib, keng quloch yozishiga umid qilamiz.

Mustaqillik kunini nishonlar ekansiz, Sizga tinchlik, salomatlik va farovonlik tilaymiz!"

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG