Breaking News

Kanada-Hindiston ziddiyati fonida AQSh qanday pozitsiya tutmoqda?


Kanada hukumati Hindistonni sikx bo’lginchilari yetakchisini o’ldirishni buyurganlikda ayblamoqda. Bu ish ortida turganini inkor etayotgan Dehlining so’nggi kunlarda Ottava bilan aloqalari sovuqlashgan.

Xalqaro hayot - 29-sentabr, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:12:01 0:00

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken payshanba kuni Hindiston Tashqi ishlar vaziri Subrahmanyam Jayshankar bilan ko’rishib, shu haqda gaplashdi.

“Diplomatik muloqot mazmunini oshkor eta olmayman. Biz Hindistonni Kanada olib borayotgan tergovda hamkorlik qilishga chaqirdik”, - dedi AQSh Davlat departamentining so’zlovchisi Mettyu Miller.

Hindistonda mustaqil sikx davlati g’oyasini qattiq targ’ib qilgan Xardip Singx Nijjar iyun oyida Kanadaning Vankuver shahrida otib o’ldirildi. Bosh vazir Jastin Trudo parlamentda va boshqa doiralarda bu ishga Hindiston hukumatining agentlari qo’l urgani haqida bong urdi.

Nijjarni qochoq terrorist deb atagan Dehli Kanada da’volarining asossiz ekanini bildirsa-da, dalillarni o’rganib chiqishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

AQSh yaqin ittifoqchisi Kanadani o’zidan uzoqlashtirgisi yo’q, ammo Hindiston bilan ham aloqalarni kuchaytirish tarafdori, deydi Janubiy Kaliforniya universitetida xalqaro aloqalar bo’yicha mutaxassis Patrik Jeyms.

“Agressiv siyosat yuritayotgan Xitoy-Rossiya ittifoqiga qarshi turish muhim bo’lgan bir paytda Vashington Hindistonni o’ziga qarshi qaratib qo’ymaslikka, u bilan yaqinroq do’stlashishga harakat qilmoqda”, - deydi siyosatshunos.

Dunyo bo’ylab sikx jamoalari savollariga javob talab qilarkan, AQSh rasmiylari Hindistonni Kanada olib borayotgan tergov bilan hamkorlik qilishga chaqirmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG