Hindiston rasmiylarining aytishicha, toshqin bilan olishayotgan shimolda tinimsiz yog’inlar qutqaruv ishlariga halaqit bermoqda.
Uttaraxand shtatidan minglab odamlar evakuatsiya qilinar ekan, ob-havo sababli vertolyotlar manzilga yetib bora olmayapti.
Mavsumiy yomg’irlar toshqin va yer ko’chishiga yetaklab, qariyb 600 odamning, ayrim manbalarga ko’ra, 1000 fuqaroning hayotiga zomin bo’lgan.
Ma’murlar taxminicha, talofatlar soni oshishi mumkin.
Hindiston Bosh vaziri Manmoxan Singx marhumlar oilalari va uy-joyidan mahrum bo’lgan fuqarolarga moliyaviy yordam va’da qildi.