Mavsumiy jalalar oqibatida Hindistonning Assam va Bihar shtatlarida toshqinlar yuzaga kelib, may oyidan beri Assam shtatida kamida 87 odam o’lgan, 2,7 milliondan ziyod aholi turar joyini tashlab chiqishga majbur bo’lgan.
Bihar shtatida esa bir kunda chaqmoqdan kamida 18 odam o’lgan, sakkiz tumanda yashovchi 400 ming odam zarar ko’rgan. So’nggi bir necha haftada Bihar shtatida jami 200 ga yaqin odam chaqmoq qurboniga aylangan. Aksariyati chaqmoq paytida dalada ishlayotgan yoki daraxt ostida turgan bo’lgan.
Odamlarga momaqaldiroq va chaqmoq paytida ko’chaga chiqmaslik tavsiya qilinmoqda.
Assam shtatida yuzlab qishloq suv ostida qolgan. Ko’plab daryolar toshgan. Toshqin natijasida Kaziranga milliy bog’idagi 100 dan ortiq hayvonlar nobud bo’lgan, jumladan to’qqizta bir shoxli karkidon. Toshqindan qutqarilgan 57 ta hayvondan 37 tasi bog’dan ozod etilgan.
Hindistonga qo’shni Nepalni ham suv bosgan. 114 odam o’lgan, 48 kishidan darak yo’q. Mamlakatdagi 10 ta daryoda suv sathi xavfli nuqtadan oshgan. Bangladesh ham toshqinlardan zarar ko’rib, yuzlab maktab uysiz qolganlar uchun boshpanaga aylantirilgan.
Facebook Forum