Breaking News
Din

Indoneziyada birmalik qochqinlar janjali qonli tugagan


Indoneziyada qo’shni Birmadan siyosiy boshpana so’rab qochib borgan buddist va musulmonlar o’rtasida qonli to’qnashuv yuz bergan.

Politsiyaning bildirishicha, voqea bugun ertalab Shimoliy Sumatra viloyatida ro’y berib, janjalda sakkiz odam o’lgan.

O’lganlarning qaysisi buddist, kimlar musulmon ekani haqida aniq ma’lumot yo’q.

Birmada o’tgan oy Maytila shahrida boshlanib, bir necha shaharga tarqalgan diniy janjal 43 odamni hayotdan olib ketgan.

O’tgan yil buddist va musulmonlar o’rtasidagi ixtilofda salkam 200 fuqaro nobud bo’lgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG