Breaking News

Infratuzilmani rivojlantirish taklifida suv yo'llarini yaxshilash ham ko'zda tutilgan


AQSh Prezidenti Jo Baydenning 1,7 trillion dollar miqdorda baholanayotgan infratuzilmani rivojlantirish rejasi hamda respublikachi qonunchilarning qarshi taklifi mamlakatdagi bandargohlar va ichki suv yo’llariga sarmoya kiritishni nazarda tutadi. AQSh infratuzilmasining ushbu eskirayotgan ustuni mahalliy mahsulotlarni xalqaro bozorlarga samarali va ekologik toza harakatlanishiga yordam beradi.

Infratuzilmani rivojlantirish taklifida suv yo'llarini yaxshilash ham ko'zda tutilgan
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:55 0:00

Illinoys daryosi bo’ylab tortib ketilayotgan barjalarda tuz na neftdan tortib, Illinoys shtatida ishlab chiqariladigan makkajo’xori va soya kabi mahsulotlargacha tashiladi.

“Iqtisodiyotimiz mana shu tovarlarga tayanadi. Dunyoni boqamiz”, - deydi AQSh Armiyasi Muhandislar korpusining Illinoys daryosi bo’ylab joylashgan inshootlariga mas'ul Tom Xeynold.

Yutika shahri yonidagi (“Starved Rock Lock and Dam“ yoki “Yalang’och tosh shlyuzi”) to’g’on shulardan biri bo’lib, shtatdagi suv yo’llari tizimi orqali yiliga 13 milliard dollarga teng va 83 million tonnadan ortiq yuk tashiladi. Mahsulotlarni barjalar orqali tashish ham samarali, ham atrof-muhitga zararsiz bo’lib, yuk mashinalarida yurib benzin yoqishga ehtiyojni kamaytiradi.

“Mingta pritsepli yuk mashinasiga sig’adigan mahsulotlarni 15 tonnali bir dona barjada tashisa bo’ladi”, - deydi Xeynold.

Biroq barjalarga daryoga chiqishga yordam beruvchi shlyuz salkam bir asr oldin qurilgan bo’lib, eskirgan.

“Ba’zi joylari to’kilyapti. Qarshingizdagi mana bu betonga qarang, yomonlashyapti. Vertikal devorlardagi qurilmalar zanglayapti, ba’zilari bukilgan. Ta’mirga muhtoj”, - deydi Tom Xeynold.

“50 yilga mo’jallab qurilgan bular”, - deydi Rodni Vaynsirl ismli mahalliy fermer.

Dehqon oziq-ovqat mahsulotlarini xorijiy xaridorlarga yetkazishda Illinoys suv yo’llarining naqadar muhim ekanini aytadi. U Illinoys makkajo’xori ishlab chiqaruvchilari uyushmasining rahbari bo’lib, tashkilot mamlakatdagi ichki suv yo’llarini yaxshilash kerakligini targ’ib qiladi.

“Eksport Illinoys va AQSh uchun juda muhimdir. Infrazutilmamiz xorijiy kompaniyalar bilan raqobatbardosh bo’lishga imkon beryapti”, - deydi u.

Biroq Vaynsirlning aytishicha, soliq to’lovchilar infratuzilmaning bu tarafi bilan qiziqmagani uchun suv yo’llari ko’p hollarda e’tibordan chetda qolib ketadi.

“Jamoatchilik buni umuman ko’rmaydi. Infratuzilmaning mamlakatimiz qudratiga hissa qo’shishda yordam bergan bu qismi haqida odamlarda ma’lumot o’ta kam”, - deydi dehqon.

“Ishonchli va xavfsiz bo’lishi uchun ta’mirga muhtoj”, - deydi Xeynold.

Hukumat 2020-yilda to’g’onni bir oz ta’mir qilishga pul bergan edi. Natijada daryoni bir necha oyga to’sishga to’g’ri keldi. Xeynoldning aytishicha, qurilmaning yana ba’zi joylari ta’mirga muhtoj, pul kerak.

“Ko’p pul kerak” deya qo’shimcha qiladi fermer Vaynsirl.

((Rodney Weinzierl, Farmer))

“Har bir loyiha qiymati bir necha yuz million dollarga teng”, - deydi fermer.

Vaynsirl to’g’on va shlyuzning eng ta’mirtalab joylariga yetarlicha pul ajratiladi degan umidda.

“Bu uzoq muddatli sarmoyalar”, - deydi Vaynsirl.

Xeynold pulni nimaga sarflashini hozirdan ro’yxatga tushirmoqda.

“Pulni kelmasidan sarflash niyatimiz yo’q. Imkoniyatlarimiz qandayligini va pul nimaga ketishini oldindan yaxshi bilamiz”, - deydi Xeynold.

Prezident Bayden infratuzilmani yaxshilashga taklif etgan rejasida suv yo’llari, bandargohlar va aeroportlarni ta’mirlash uchun Kongressdan 17 milliard dollar so’ragan. Senatdagi respublikachi qonunchilar qarshi taklifida ham shu maqsadlarga pul so’ralmoqda. Endi siyosatchilar har ikki partiyaga manzur bo’ladigan umumiy qonun loyihasiga kelishishi kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG