Breaking News

Ingushetiya va Checheniston yer almashdi. Xalq norozi


Magasda norozilik namoyishi

Rossiyaning Ingushetiya Respublikasida qo’shni Checheniston bilan chegara o’rnatilishiga qarshi chiqqan aholi poytaxt Magas shahrida bir necha kundan beri namoyish qilmoqda. Namoyishchilar 26-sentabr kuni Checheniston Prezidenti Ramzan Qodirov bilan chegara yuzasidan bitim imzolagan mahalliy rahbar Yunus-Bek Yevkurov iste’fosini talab qilmoqda. Ingushetiya parlamenti hujjatni o’tgan payshanba tasdiqlagan.

Yevkurovning aytishicha, chegara belgilanishi natijasida Checheniston va Ingushetiya hudud almashib, 2012-yilda yuzaga kelgan hududiy bahs yechimini topadi. Sovet Ittifoqi paytida bu respublikalar yagona ma’muriy hudud tarkibida bo’lgan. Ingushlar qo’shni respublika bilan bitimga qarshilik ko’rsatmoqda.

“Ikki rahbar xalq fikrini so’ramasdan yer almashishga kelishib oldi”, - deydi ulardan biri.

Namoyishchilar nazarida, Yevkurov Chechenistonga neftga boy yerlarni berib yubordi. Biroq respublika rahbarining aytishicha, topilgan konlardan neftni chiqarish qimmatga tushishi aniqlangach, bu konlar yopib tashlangan.

Rossiyaning Kavkaz mintaqasida 50 dan ziyod elatlar yashaydi. Aksariyati na o’z milliy hududiga, na hukumatiga ega. Ba’zilar hozirgi hududiy noroziliklar natijasida zo’ravonlik kelib chiqishidan xavotirda.

“Kavkazdagi vaziyat nihoyatda qaltis. Urush boshlansa, Rossiya Federatsiyasining parchalanishiga olib kelishi mumkin”, - deydi Vashingtondagi Milliy mudofaa universitetidan Piter Yelsov.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG