Breaking News

London Olimpiadaga tayyor, 18 ming 200 askar safarbar etilmoqda

Politsiya va harbiy flot Temza daryosida Olimpiada xavfsizligini ta'minlaydi
Politsiya va harbiy flot Temza daryosida Olimpiada xavfsizligini ta'minlaydi
Londonda 27-iyuldan 12-avgustgacha bo’lib o’tadigan Olimpiya o’yinlariga tayyorgarlik avjida. So'nggi yillarda dunyo bo’ylab terror xurujlari ko’paygani sababli xavfsizlik ustuvor masala. Byudjetning katta qismi aynan shunga sarflanadi.

Britaniya rasmiylari kutilmagan vaziyatga tayyor bo’lish uchun barcha manbalardan foydalanmoqda, mablag’ni ayamayapti. Olimpiya parki atrofida havo hujumiga qarshi raketalar o’rnatiladi. 18 ming 200 askar safarbar etilgan. Temza daryosida harbiy kema va qayiqlar joylashtiriladi.

Xavfsizlikni ta’minlash uchun xususiy kompaniyani yollash kamlik qildi. Davlat rahbariyati armiyani jalb etishga qaror qildi. Xavfsizlik a’lo darajada bo’ladi, deydi rasmiylar.

Ekspert Deyvid Rubens esa boshqacha fikrda:

“Aslida yo’q, tayyorgarlik a’lo darajada emas, deyish kerak. Albatta, tashkilotchilar qo’lidan kelganicha harakat qilyapti, lekin kutilmagan o’zgarishlar ham yuz bermoqda. Xullas, oson bo’lmaydi”.

Olimpiadaning minglab qatnashchilari hamda millionlab sport shinavandalari xavfsizlik choralarining harbiy jihatidan bexabar bo’lishi mumkin. Ular xuddi aeroportda tekshiruvdan o’tgandek sezadi o’zini.

Xavfsizlik bo’yicha mutaxassislar ishni bundan bir necha oy oldin, Olimpiadaga tayyorgarlik ko’rilayotganda boshlagan. 200 gektarga teng hududni eng zamonaviy texnologiya yordamida tekshirib chiqish oson emas.

Olimpiadada xavfsizlik uchun mas’ul politsiya zobiti Kris Allison bajarilgan ishlardan mamnun:

“Hamma yoqda politsiyachilarni ko’rasiz. Lekin biz ishimizni boshqalarga halaqit bermay, imi-jimida bajarishimiz lozim. E’tibor sportchilar va tomoshabinlarda bo’lishi kerak, bizda emas”.

Musobaqalar nafaqat poytaxt, balki mamlakatning boshqa shaharlarida ham o’tkaziladi. Hamma joylarda xavfsizlkni ta’minlash zarur.

London Olimpiadasi tashkiliy qomitasi raisi Sebastyan Kouning aytishicha, hammasi joyida bo’ladi.



“Biz barchani Londonga kelib, mamlakat tarixidagi eng yirik sport anjumanida qatnashish, undan bahramand bo’lishga taklif etamiz. Bu qamaldagi shahar emas-ku axir! Kerakli choralar ko’rilgan. Lekin hammasi me’yori bilan”.

Tayyorgarlik va xavfsizlik choralarining qay darajada ko’rilgani endi Olimpiada boshlangach ma’lum bo’ladi.

London Olimpiadaga tayyor

Olimpiya mash'alasi Vindzor qasriga yetib bordi. 10-iyul, 2012-yil.
1/8 Olimpiya mash'alasi Vindzor qasriga yetib bordi. 10-iyul, 2012-yil.
27-iyuldan 12-avgustgacha Londonda bo’lib o’tadigan Olimpiya o’yinlariga tayyorgarlik avjida. Xavfsizlik - ustuvor masala. Byudjetning kattagina qismi aynan shunga sarflanadi.
Sport olami afsonasi Rojer Bannister Olimpiya mash'alasini Nikola Bayromga topshirmoqda, Oksford, 10-iyul, 2012-yil.
2/8 Sport olami afsonasi Rojer Bannister Olimpiya mash'alasini Nikola Bayromga topshirmoqda, Oksford, 10-iyul, 2012-yil.
27-iyuldan 12-avgustgacha Londonda bo’lib o’tadigan Olimpiya o’yinlariga tayyorgarlik avjida. Xavfsizlik - ustuvor masala. Byudjetning kattagina qismi aynan shunga sarflanadi.
Futbolchi Maykl Ouen Olimpiya mash'alasini manzilga eltmoqda, London, 23-iyul, 2012-yil.
3/8 Futbolchi Maykl Ouen Olimpiya mash'alasini manzilga eltmoqda, London, 23-iyul, 2012-yil.
27-iyuldan 12-avgustgacha Londonda bo’lib o’tadigan Olimpiya o’yinlariga tayyorgarlik avjida. Xavfsizlik - ustuvor masala. Byudjetning kattagina qismi aynan shunga sarflanadi.
17 yoshli Amelia Xemplman-Adams mash'alani tutishga muyassar bo'lganlardan, London, 22-iyul, 2012-yil.
4/8 17 yoshli Amelia Xemplman-Adams mash'alani tutishga muyassar bo'lganlardan, London, 22-iyul, 2012-yil.
27-iyuldan 12-avgustgacha Londonda bo’lib o’tadigan Olimpiya o’yinlariga tayyorgarlik avjida. Xavfsizlik - ustuvor masala. Byudjetning kattagina qismi aynan shunga sarflanadi.
Amerikalik sobiq atlet, Olimpiya o'yinlari g'olibi Maykl Jonson, Angliya janubi, Salisberi, 12-iyul, 2012-yil.
5/8 Amerikalik sobiq atlet, Olimpiya o'yinlari g'olibi Maykl Jonson, Angliya janubi, Salisberi, 12-iyul, 2012-yil.
27-iyuldan 12-avgustgacha Londonda bo’lib o’tadigan Olimpiya o’yinlariga tayyorgarlik avjida. Xavfsizlik - ustuvor masala. Byudjetning kattagina qismi aynan shunga sarflanadi.
Og'ir vazn toifasida boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Lennoks Lyuis Olimpiya mash'alasini Bekslidan olib o'tmoqda, London sharqi. 22-iyul, 2012-yil.
6/8 Og'ir vazn toifasida boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Lennoks Lyuis Olimpiya mash'alasini Bekslidan olib o'tmoqda, London sharqi. 22-iyul, 2012-yil.
27-iyuldan 12-avgustgacha Londonda bo’lib o’tadigan Olimpiya o’yinlariga tayyorgarlik avjida. Xavfsizlik - ustuvor masala. Byudjetning kattagina qismi aynan shunga sarflanadi.
Britaniyalik suzuvchi, jahonni aylanib chiqqan sportchi Robin Noks-Jonson, London, 21-iyul, 2012-yil.
7/8 Britaniyalik suzuvchi, jahonni aylanib chiqqan sportchi Robin Noks-Jonson, London, 21-iyul, 2012-yil.
27-iyuldan 12-avgustgacha Londonda bo’lib o’tadigan Olimpiya o’yinlariga tayyorgarlik avjida. Xavfsizlik - ustuvor masala. Byudjetning kattagina qismi aynan shunga sarflanadi.
Amerikalik tennischi Venus Vilyams, London, 23-iyul, 2012-yil.
8/8 Amerikalik tennischi Venus Vilyams, London, 23-iyul, 2012-yil.
27-iyuldan 12-avgustgacha Londonda bo’lib o’tadigan Olimpiya o’yinlariga tayyorgarlik avjida. Xavfsizlik - ustuvor masala. Byudjetning kattagina qismi aynan shunga sarflanadi.
Previous slide
Next slide
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG