Breaking News

AQShdagi xorijiy talabalar yangi qoidadan taassufda


Garvard universitetiga kirish
Garvard universitetiga kirish

AQSh Immigratsiya xizmatining yangi qoidasiga ko’ra, o’quv muassasasi onlayn tizimiga o’tgan xorijiy talabalar mamlakatdan chiqib ketishi kerak bo’ladi, biroq pandemiya sabab chegaralarning yopilgani bu qaror ijrosini paysalga solishi mumkin.

Xalqaro hayot – 10-iyul, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:28 0:00

“Pandemiya paytida Pokistonga qaytib, oilam va o’z salomatligimni xavf ostiga qo’yishni istamayman. Bir yilga akademik ta’til olsam ham qaytib kelishim uchun viza olishga ko’zim yetmaydi”, - deydi talaba Moiz Rayhon.

Sinfdan tashqari mashg’ulotlar bilan shug’ullanayotgan talabalar yangi qoidadan taassufda.

“Doktoranturada ko’p ishlar kutubxonada qilinadi, ammo hozir pandemiya sabab kutubxonalar yopilgan”, - deydi Abdul Mannon Bxat.

Mart oyidan beri universitetlar AQShda masofali o’qish tartibiga o’tgan. Xalqaro talabalarning ba’zilari Amerikada qolishga, kimdir esa oilasi bag’riga qaytib borishga qaror qildi.

“Bunday talabalarning 90 foizidan ziyodi AQShda qolishni afzal ko’rdi. Biroq endi mavhumlik va iqtisodiy qiyinchiliklarga yuz tutishmoqda”, - deydi Amerika kollejlari va universitetlari uyushmasidan Linn Paskurella.

O’z mamlakatlariga qaytib ketgan talabalar AQShga qayta olmasligidan xavotirda.

“Xalqaro talabalarga odatda quyi tabaqadagi fuqaro sifatida muomala qilishadi. Biroq “fuqaro” so’zini bu gapda ishlatish to’g’ri bo’lmasa kerak”, - deydi Rafael Lima.

Tramp ma’muriyatining bildirishicha, ta’limni internet orqali olish uchun mamlakatda bo’lish shartmas, demak vizaga ehtiyoj yo’q. Biroq tanqidchilar nazarida, bu AQSh oliy ta’lim tizimi, iqtisodiyoti va diplomatiyaga salbiy ta’sir qiladi.

“So’nggi qaror ortida biror mantiq bor deb o’ylamayman. Buning na aholi salomatligiga, na Amerika iqtisodiyotiga bir foydasi bor, axir kollejlarimiz va universitetlarimizdagi talabalarning 5,5 foizini tashkil etuvchi xorijiy studentlar iqtisodiyotga 40 milliard dollar foyda keltiradi”, - deydi Paskurella.

Garvard universiteti va Massachusets texnologiya instituti yangi qoidaga e’tiroz bildirib, sudga shikoyat qildi. Qator oliygohlar ham bu da’voga sherik bo’lishi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG