Breaking News

Romni, Santorum, Pol - Ayovada eng ko’p ovoz olgan respublikachilar


Romni, Santorum, Pol - Ayovada eng ko’p ovoz olgan respublikachilar
Romni, Santorum, Pol - Ayovada eng ko’p ovoz olgan respublikachilar

Prezidentlik uchun Ayova shtatida o’tgan partiyaviy saylovlarda Massachusets shtati sobiq gubernatori, respublikachi Mitt Romni g’alaba qozondi.

Pensilvaniya shtatidan sobiq senator Rik Santorum esa undan atigi sakkiz ovoz orqada. AQShning urushlariga qarshi qarashlari bilan tanilgan kongressmen Ron Pol 21 foiz bilan uchinchi o’rinda.

Shu yilning 6-noyabrida amaldagi prezident Barak Obama bilan bellashish uchun Respublikachilar partiyasi yagona nomzod bilan chiqishi kerak. “Kokus” nomi ostida Ayovada o’tgan saylov ana shu jarayonda birinchi qadam.

Romni, Santorum, Pol - Ayovada eng ko’p ovoz olgan respublikachilar
Romni, Santorum, Pol - Ayovada eng ko’p ovoz olgan respublikachilar

G’olib deb e’lon qilingan Mit Romni “Oq uyni demokratlardan qaytarib olamiz”, deya ishonch bildirmoqda.

Partiyadoshlari orasida 21 foiz ovozni qo’lga kiritgan kongressmen Ron Pol AQSh tashqi siyosatida katta o’zgarishlar qilish kerak deb keladi. Uning aytishicha, amerikaliklarning 70-80 foizi u bilan hamfikr.

Prezidentlikka boshqa da’vogarlar, jumladan Texas gubernatori Rik Perri, Vakillar Palatasi sobiq spikeri Nyut Gingrich va sobiq elchi Jon Xantsman Ayovada kam ovoz olgan bo’lsada, poygani tark etmoqchi emas. Juda oz ovoz olgan Kongress a’zosi Mishel Bakman prezidentlik uchun kampaniyasini tugatdi.

Ayovadagi bellashuv natijalari shundan dalolatki, deydi tahlilchi Frank Luntz, Oq uy uchun kampaniya uzoq va mashaqqatli bo’ladi.

“Qizig’i shundaki, bu jarayonda respublikachi arboblar bor kuchini prezident Obamani emas, ko’proq bir-birini mag’lub etishga sarflaydi. Maydonda oxir oqibat bir da’vogar qoladi”.

Romni, Santorum, Pol - Ayovada eng ko’p ovoz olgan respublikachilar
Romni, Santorum, Pol - Ayovada eng ko’p ovoz olgan respublikachilar

Demokratlar ham Ayovada yig’in o’tkazib, prezidentlikka Barak Obama nomzodini tasdiqladi.

Obama respublikachilar tanlagan nomzod bilan bellashishga tayyor, deydi partiya raisi Debbi Vasserman Shultz.

“O’rta sinf manfaatlari uchun kurashayotgan, iqtisodiyotni tiklayotgan aynan Obama. Mamlakatni hozirgi ahvolga olib kelganlar esa respublikachilar. Ular o’sha eski siyosatni davom ettirmoqchi”, - deydi Shultz.

Partiyaviy saylovlar kelasi hafta Nyu Gempshir shtatida bo’lib o’tadi. U yerda ham Mitt Romni g’alaba qilishi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG