Breaking News

Eron diniy raisi xalqni saylov kuni tartibga chaqirmoqda


<figure>
<figcaption>အခမဲ့&nbsp;Fever Clinic&nbsp;ေဆးခန္း (PHOTOS CREDIT TO Community Fever Clinic - Yangon Network Fb and Dr Kyaw Swar Oo)</figcaption>
</figure>
<aside data-extended="true">&nbsp;</aside>
<figure> <figcaption>အခမဲ့&nbsp;Fever Clinic&nbsp;ေဆးခန္း (PHOTOS CREDIT TO Community Fever Clinic - Yangon Network Fb and Dr Kyaw Swar Oo)</figcaption> </figure> <aside data-extended="true">&nbsp;</aside>

Eron Oliy diniy raisi Oyatulla Ali Xomeneiyning aytishicha, 19-mayda bo'ladigan prezident saylovlariga har qanday aralashuvga qarshi qattiq chora ko'riladi.

Prezidentlikka asosiy da'vogarlar - amaldagi davlat rahbari, 2013-yilda saylangan Hasan Ruhoniy va adliya tizimida ko'p yillar ishlagan Ibrohim Raisiy.

Ruhoniy mo'tadil arbob, G'arb bilan yaqinlashish siyosati hamda ijtimoiy cheklovlarni yengillashtirish tarafdori hisoblanadi. Raisiyning nomzodini Xomeneiy qo'llab-quvvatlamoqda.

"Saylov kuni fuqarolardan tartib bilan, qonun va islom dini ta'limotlari doirasida o'zlarini tutishni kutib qolamiz. Biroq qonun buzilsa, ahloqdan chetga chiqilsa, dushmanlarimizni ruhlantiruvchi gaplar aytilsa, saylovlardan faxrlana olmaymiz", - deyiladi Xomeneiy idorasining internetdagi sahifasida chop etilgan bayonotda.

2009-yilgi saylovlardan so'ng mamlakat bo'ylab namoyishlar boshlanib, o'lab odam nobud bo'lgan, yuzlab fuqarolar hibsga olingan edi.

Jami poygada olti nomzod bellashadi. Prezident Ruhoniyning o'rinbosari, Vitse-prezident Is'hoq Jahongiriy, Tehron shahar hokimi Muhammad Boqir Qalibaf shular jumlasidan.

Saylovda 50 foizdan ko'p ovoz to'plagan nomzod g'olib deb topiladi, aks holda 26-may kuni saylovlarning ikkinchi bosqichi bo'lib o'tadi.

Ikki hafta oldin Raisiy teledebat paytida Ruhoniyning iqtisodiy siyosatini tanqid qilib chiqdi.

Xomeneiy ham iqtisodiy ahvoldan norozi. Uning aytishicha, hukumat ishsizlikka qarshi yetarlicha kurashmayapti. 80 millionlik aholining 12,7 foizi ayni damda ishsiz.

Ruhoniy esa Raisiyning adliya tizimidagi ishini tanqidga oldi.

"Eron xalqi 38 yil davomida faqat qamashlar va qatl etishlar bilan shug'ullangan odamlarni maydagi saylovda qabul qilmasligini e'lon qiladi", - dedi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG