Breaking News

Eron avstraliyalik olimani qamoqdan ozod etdi


Eronda 2018-yilda hibsga olinib, josuslik ayblovi bilan 10 yilga qamalgan Avstraliya va Britaniya fuqaroliklariga ega olima Kayli Mur-Gilbertni qamoqdan ozod etdi.

G’arb davlatlarining diplomatik say’-harakatlar tufayli erishilgan ushbu kelishuvga ko’ra, Eronning xorijda qamalgan uch fuqarosi ham ozod bo’lgan.

Tailand hukumati 2012-yilda poytaxt Bangkokda bomba xurujini rejalashtirishga aloqadorlik gumoni bilan uch eronlikni hibsga olgan edi. Ularning ozod etilib, mamlakatdan deportatsiya qilingani aytilmoqda.

Mur-Gilbert Melburn universitetida Yaqin Sharq siyosati bo’yicha mutaxassis bo’lib, uni ozod etishga hissa qo’shgan barchaga minnatdorchilik bildirdi.

"Eronga do’st sifatida va do’stona niyatda kelgan edim. Mamlakatni tark etayotib ham bu hissiyotlardan voz kechganim yo’q. Aksincha ular yanada kuchaydi”, - dedi olima.

Mur-Gilbert unga qo’yilgan ayblovlarni inkor etmoqda.

Avstraliya Bosh vaziri Skott Morrison u bilan gaplashganini aytadi.

“Ayolning ruhiyati joyida. Avstraliyaga qaytganidan keyin hayotga qayta moslashishiga to’g’ri keladi”, - dedi u.

Mur-Gilbert Avstraliyada ikki haftalik karantinga qo’yilishi aytilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG