Breaking News

Eronda 850 dan ortiq odam koronavirus qurboni bo’lgan


O't o'chiruvchilar Tehron ko'chalarini dezinfeksiya qilmoqda

16-mart kuni Eronda 129 odamning koronavirusdan o’lgani xabar qilindi. Islomiy respublikada ushbu yangi kasallikdan o’ganlar soni jami 850 dan, virusga chalinganlar soni esa 15 mingdan oshgan.

Eron Sog’liqni saqlash vazirligining bildirishicha, shaharlarga kirish va chiqish cheklanadi.

Ba’zi xavotirlarga ko’ra, Eronda virus yuqtirganlar hukumat berayotgan miqdordan ancha ko’p bo’lishi mumkin. Hatto ayrim qonunchilar rasmiy raqamlarni shubha ostiga qo’ymoqda.

Eronda yuqori martabali rasmiylar ham koronavirus bilan kasallangan – mamlakat katta vitse-prezidenti, Vazirlar mahkamasi va parlament a’zolari, Inqilob posbonlari va Sog’liqni saqlash vazirligi vakillari shular jumlasidan. Xususan, 78 yashar Oyatulla Hoshim Batxaiy virusdan vafot etgan.

Mamlakatda maktablar yopilgan, stadionlarga tomoshabinlarning kirishi taqiqlangan, ammo diniy ziyoratgohlar hamon ochiq, bozorlar va poytaxt Tehron ko’chalari odamlar bilan gavjum.

Bu o’rtada qo’shni Suriyada hukumat maktablar va universitetlarni 2-aprelgacha yopishga, davlat idoralarida ish kunini qisqartirishga, barcha madaniy va sport tadbirlarini bekor qilishga qaror qilgan. Damashq qo’shni Iroq va Iordaniya bilan bordi-keldini, diniy turizmni bir oyga to'xtatgan.

Saudiya Arabistoni esa barcha xalqaro parvozlarni ikki haftaga qoldirgan, yirik savdo markazlari, kafelar va parklar yopilgan. Iroq shimolidagi Kurdiston mintaqasining Irbil va Sulaymoniya shaharlarida esa 48 soatlik komendant soati joriy etilgan. Ummon bir oyga barcha maktablar va ta’lim muassasalarini yopishi haqida e’lon qildi.

Birlashgan Arab Amirliklarida qariyalarga uyda o’tirish tavsiya etilgan, ayrim davlat xizmatchilariga kelasi ikki hafta davomida uydan ishlash buyurilgan.

Abu-Dabining “The National” gazetasi amirliklardagi tungi klublar va sayyohlik restoranlari mart oxirigacha ishlamasligi haqida xabar berdi, odamlarga uyda ko’p sonli bayram tadbirlarini o’tkazmaslik buyurilgan.

Falastin Muxtoriyati hududga kirayotgan barcha odamlar 14 kunlik karantinga qo’yilishini bildirdi. Falastin, Iordaniya, Misr, Pokistonda o’nlab odam koronavirusga chalingan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG