Breaking News

Eron yadro dasturi bo'yicha muzokaralar iyulgacha uzaytirildi

AQSh: Eron bilan muzokara davom etadi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:03 0:00

AQSh: Eron bilan muzokara davom etadi

G'arb diplomatlariga ko'ra, Eron yadro dasturi bo'yicha xalqaro muzokaralar yana olti oyga, iyul oyiga qadar uzaytirildi. Kecha yakuniy bitim imzolash uchun so'nggi kun edi, biroq Eron va u bilan muzokaraga kirishgan olti davlat ayrim masalalarda kelisha olmadi.

Muloqot bir yildan beri davom etmoqda. Maqsad Tehrondan yadro dasturini qisqartirishga erishish va buning evaziga unga qo'yilgan iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilish.

Qo'shma Shtatlar avvaliga muloqotni uzaytirmaymiz degan edi. AQSh Davlat kotibi Jon Kerri bugun Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van Yi bilan bu haqda Venada gaplashgan. Britaniya, Fransiya, Rossiya, Germaniya va Eron tashqi ishlar vazirlari ham hozir Venada.

AQSh Prezidenti Barak Obamaning aytishicha, yakuniy bitim imzolanmagan bo'lsa-da, bir yil oldin qabul qilingan vaqtinchalik shartnoma Eronni yadro qurolini yaratish harakatidan to'xtatib turibdi va bu ijobiy hol.

Obama Tehronning Isroilga nisbatan siyosatini tanqid qildi, Eronni terrorizmni qo'llab-quvvatlovchi davlat deb atadi, ammo agar yadro dasturi bo'yicha yakuniy bitimga kelishilsa, dedi u, Tehron siyosatiga doir e'tirozlardan biriga barham beriladi va uning dunyo hamjamiyati bilan munosabatlari ijobiy tomonga o'zgaradi.

Eron yadro dasturi yuzasidan kelishuvga erishish muddati yana cho'zildi

Egyptian Prime Minister Sherif Ismail talks to reporters at Cairo International Airport, May 19, 2016. He said it was too early to say whether a technical problem or a terror attack caused the plane to crash. "We cannot rule anything out," he said.
1/5 Egyptian Prime Minister Sherif Ismail talks to reporters at Cairo International Airport, May 19, 2016. He said it was too early to say whether a technical problem or a terror attack caused the plane to crash. "We cannot rule anything out," he said.
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri (chapda) va Xitoy Tashqi ishlar vaziri Vang Yi Venada o'tgan muloqot doirasida ko'rishmoqda, 24-noyabr, 2014-yil.
2/5 AQSh Davlat kotibi Jon Kerri (chapda) va Xitoy Tashqi ishlar vaziri Vang Yi Venada o'tgan muloqot doirasida ko'rishmoqda, 24-noyabr, 2014-yil.
Venada so'nggi kungacha muloqot davom etdi, 24-noyabr, 2014-yil.
3/5 Venada so'nggi kungacha muloqot davom etdi, 24-noyabr, 2014-yil.
Venada so'nggi kungacha muloqot davom etdi, 24-noyabr, 2014-yil.
4/5 Venada so'nggi kungacha muloqot davom etdi, 24-noyabr, 2014-yil.
Venada so'nggi kungacha muloqot davom etdi, 24-noyabr, 2014-yil.
5/5 Venada so'nggi kungacha muloqot davom etdi, 24-noyabr, 2014-yil.
Previous slide
Next slide

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

This item is part of
XS
SM
MD
LG