Breaking News

Eronda qamoqdagi amerikaliklardan biri ozod etilgan


Ularning barchasi Eron-Iroq chegarasida ushlangan edi. Qo'shma Shtatlar ularga qo'yilgan josuslik ayblovini rad etib keladi.

Eronda bir yildan ortiq vaqt josuslik ayblovi bilan qamoqda saqlangan uch amerikalikdan biri - Sara Shurd kecha 500 ming dollar tovon puli bilan ozodlikka chiqib, Ummonda onasi bilan uchrashgan. AQSh rasmiylari qolgan ikki mahbusning ishi hal bo'lmaganini aytadi.

Ozodlikka chiqqan ayol Tehronni tark etishdan oldin unga yordam bergan barcha hukumatlar va odamlarga minnatdorchilik bildirib, Eron prezidenti va diniy rahbarlariga oliyjanob qarori uchun rahmat aytmoqchiman, dedi.

Eron Sara Shurd tibbiy yordamga muhtoj ekanini hisobga olib, uni qamoqdan chiqarganini aytadi. Qo'shma Shtatlar Eron bilan diplomatik aloqalarga ega bo'lmagani uchun Shveysariya va Ummon unga bu ishda yordam bergan.

Davlat departamenti matbuot kotibi Filip Kroulining aytishicha, 500 ming dollar tovon pulini AQSh to'lamagan.

Unga ko'ra, pul ismini oshkor etishni istamagan tomondan kelgan.

Ayni damda Eron qamoqxonasida Sheyn Bauer va Josh Fattal ismli amerikaliklar qolgan. Ularning barchasi Eron-Iroq chegarasida ushlangan edi. Qo'shma Shtatlar ularga qo'yilgan josuslik ayblovini rad etib keladi.

So'nggi bir yil ichida 300 ming dollar tovon puli to'lab, yana ikki xorijlik Eronda ozodlikka chiqdi. Josuslik uchun 10 yilga qamalgan fransiyalik o'qituvchi Klotilda Rays may oyida, o'tgan yilgi prezident saylovlaridan so'ng qamalgan Moziyor Bahoriy esa oktabr oyida jarima to'lab, qamoqdan chiqqan edi. Bahoriy Kanada va Eron qo'sh fuqaroligiga ega.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG