Breaking News

Iroq hukumati parlament saylovlari kunini e'lon qildi


Iroq Bosh vaziri Mustafo Qadimi parlament saylovlarini kelasi yil iyuniga belgilashi ketidan shialar diniy yetakchisi Muqtada al-Sadrning o’n minglab tarafdorlari bugun Bag’dodda namoyish qildi. Sadr “Sayrun” siyosiy fraksiyasining rahbari bo’lib, fraksiya ayni paytda parlamentda ko’pchilik o’rinlarga ega.

Sadr tarafdorlarini saylovda faol bo’lishga chaqirdi.

Saylov 2022-yilda bo’lishi kerak edi. Oktabr oyida ko’chaga chiqqan yuz minglab iroqliklar saylovni bir yil oldin o’tkazish talabini olg’a surgan va bosh vazir ularning talabini qondirishga majbur bo’ldi.

Bu gal saylovlar yangi qonun doirasida o’tkaziladi. Oy boshida kuchga kirgan hujjatga ko’ra, partiyalardan nomzodlar bundan keyin birlashgan ro’yxat asosida ovozga qo’yilmaydi. Bunday usul partiyalarga ko’pchilik ovozlarni olish imkonini bergan. Yangi qonun mustaqil nomzodlarga kattaroq imkoniyatlar bermoqda.

Qonunda, shuningdek, saylovchilarga biometrik guvohnoma berish va saylov komissiyasini isloh qilish ko’zda tutilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG