Breaking News

10-oktabr - Iroqda parlament saylovlari


Iroq yakshanba kungi parlament saylovlariga hozirlanmoqda. Bu gal jarayon saylov haqidagi isloh qilingan yangi qonun asosida o’tkaziladi. Unga ko’ra, Iroq oldingiday 18 ta emas, 83 ta saylov okrugiga bo’lingan.

Xalqaro hayot – 8-oktabr, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:35 0:00

Saylovni BMT va Yevropa Ittifoqi kuzatuvchilari hamda 130 nafar xorijiy mutaxassis nazorat qiladi. Ayollarga 329 o’rinli parlamentda 25 foizlik kvota ajratilgan.

Mustaqil auditorlik kompaniyasi saylovda berilgan ovozlar hisobini nazorat qiladi.

Bugun xavfsizlik kuchlari a’zolari muddatidan erta ovoz bergan, chunki saylov kuni ular jarayon xavfsizligini ta’minlaydi.

Bu yilgi saylov 2003-yilda AQSh harbiy istilosi natijasida Saddam Hussayn ag’darilganidan beri beshinchi parlament saylovlari bo’ladi.

Hukumatning saylov masalalari bo’yicha maslahatchisi Husayn Handaviyning aytishicha, 1,5 milliondan ziyod xavfsizlik xodimi ovoz berish huquqiga ega.

38 million iroqlikning 24 milliondan ziyodi 3449 nomzoddan 329 tasini parlamentga tanlashi kerak.

Bugun, shuningdek, kasalxonada yotgan bemorlar, mahbuslar va qochqinlar lagerlarida yashayotgan iroqliklar ham ovoz bergan. Xususan, yuzlab yazidiylar.

Bosh vazir Mustafo Qadimiy 2020-yilda ish boshlaganida saylovni 2022-yil aprelida o’tkazishga so’z bergan edi, biroq ommaviy norozilik namoyishlari saylovni olti oy oldinroq o’tkazishga majbur qildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG