Breaking News

Iroq armiyasida 50 mingdan oshiq "arvoh askar" aniqlandi


Diyala, Iroq
Diyala, Iroq

Iroq Bosh vaziri Haydar al-Abadiyning aytishicha, o'tkazilgan tergov natijasida armiya safida aslida o'zi yo'q, lekin nomi bor kamida 50 ming askar aniqlangan. Bu "arvoh askarkar" hisobiga maosh to'lab borilgan, pulni esa qo'mondonlar karmoniga urgan.

Sentabrda ishga kirishgan Iroq bosh vaziri bu haqda kecha qonunchilar oldida gapirdi va korrupsiyaga shafqat qilmaslikka va'da berdi.

Abadiy oldingi bosh vazir Nuri al-Malikiyning qo'lida ishlagan yuqori lavozimli bir necha qo'mondonni ishdan haydadi yoki iste'foga chiqardi.

O'ylab topilgan bu askarlar nomiga tushgan maoshni mansabdor harbiylar shu tariqa o'marib borgan.

Iroqda "Islomiy davlat"ga qarshi kurash sust kechayotgani uchun aynan keng ko'lamli korrupsiya sababchi ekani aytiladi. Jangarilar shu yilning yozidan beri Iroqning shimoli va g'arbida o'rnashib olgan.

Yordamga oshiqqan Qo'shma Shtatlar mamlakatga harbiy maslahatchilarini jo'natib, harbiy havo hujumlariga boshchilik qilayapti.

Amerika Mudofaa vazirligi kelasi yil Iroq armiyasini mashqdan o'tkazish va qurollantirish uchun 1.2 milliard dollar so'rayapti. Oxirgi o'n yilda Amerika bu mamlakat qurolli kuchlarini qo'llab-quvvatlash uchun 20 milliard dollardan oshiq sarfladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG