Breaking News

Iroqda AQSh konsulligi yonida portlash


Irbil, Iroq
Irbil, Iroq

Iroq shimolidagi Irbil shahrida Amerika konsulligi yonida mashina portlagan. Hujumni "Islomiy davlat" to'dasi amalga oshirganini aytmoqda.

Kamida uch odam o'lgan, yana besh kishi jarohatlangan. AQSh Davlat departamentining bildirishicha, Amerika fuqarolariga ziyon yetmagan.

Portlash bilan bir paytda otishma ham eshitilgan. Kurdiston mintaqasining poytaxti Irbilda bu - kamdan kam uchraydigan holat.

Mashina konsullik binosi yonida kelib to'xtagani, soqchilar o't ochganidan keyin haydovchi o'zini portlatgani aytiladi.

Bu orada, "Islomiy davlat" jangari to'dasi Iroqdagi yana bir shaharni egallash arafasida.

Mudofaa vazirligi Ramadi yaqinida jangarilarning manzillari bombardimon qilinayotgani tasvirlangan videoni e'lon qilgan. Lekin bu amaliyot Ramadi yaqinida uch qishloq jangarilarning qo'liga tushishiga to'sqinlik qila olmagan.

Iroq rasmiylarning aytishicha, jangarilar bostirib kelar ekan, minglab oilalar Anbar viloyati poytaxti Ramadini tark etgan.

"Islomiy davlat" faqat jangchi yollayotgani yo'q
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:16 0:00

Iroq va Suriya madaniy merosidan ayrilmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:39 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG