Breaking News

AQSh Iroq-Kurdiston mojarosida betaraf


Iroq kuchlari, Kirkuk

Prezident Donald Tramp deydiki, AQSh Iroqqa yordamni davom ettiradi va kurdlarni ham har doimgidek quvvatlaydi. Biroq shimoldagi mojaroga aralashmaydi.

Kurdistonda mustaqillik uchun referendum o'tib, aksariyat saylovchilar "ha" deya javob berganidan beri mintaqa notinch. Arablar va kurdlar orasida ziddiyatlar kuchaygan. Qurolli to'qnashuvlar kuzatilmoqda. Iroq xavfsizlik kuchlari hududda maxsus amaliyotlar boshlab, kurdlar yashovchi mintaqa hamon Iroq mulki ekanini eslatmoqda.

Kurdiston uzoq yillardan beri muxtoriyat. U o'z qurolli tizimiga ega. Iroq armiyasi kirib borar ekan, ular ortiqcha olishayotgani yo'q, deydi vaziyatni kuzatib turgan Amerika zobitlari.

Vashingtonga ko'ra, Iroq birinchi navbatda barqaror bo'lishi kerak. Asosiy dushman - "Islomiy davlat" terror tizimi. Unga qarshi kurashga e'tibor pasaymasin, deydi rasmiylar.

AQSh Iroq armiyasi qatorida Peshmerga, kurd jangchilarini ham tayyorgarlikdan o'tkazgan. Ularning o'zaro urushishi fojia bo'ladi, deydi tahlilchi Maykl Oxanlon.

"Har bir tomon o'z manfaati uchun kurashadi. Biz ularga jang qilishni o'rgatganmiz. Lekin ularning irodasini boshqara olmaymiz", - deydi siyosatshunos.

Iroq agar ichki mojarolarga berilib, o'zi bilan ovora bo'lib qolsa, deydi boshqa ekspertlar, vaziyatdan Eron va "Islomiy davlat" o'z maqsadlari yo'lida foydalanadi. Tehron shia iroqliklarning suyangan tog'i bo'lib qolishni istaydi. Terrorchilar esa Iroqda qo'ldan boy bergan hududlarni qayta egallashni xohlaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG