Musulning bosh masjidi endi yo'q

  • Amerika Ovozi

Al Nuri masjidi va Al Hadba minorasi

Iroqning Musul shahridagi tarixiy Al Nuri masjidi va Al Hadba minorasi endi yo'q. Iroq armiyasi shaharni "Islomiy davlat" to'dasidan tortib olishga urinar ekan, jangarilar obidani vayron qilgan.

Iroq harbiylarining aytishicha, jangarilar yana bir tarixiy jinoyatni chorshanba kuni sodir etgan. Ammo "Islomiy davlat" guruhining ta'kidlashicha, masjid va minorani vayron qilgan Amerika harbiy samolyotlaridir.

AQSh va koalitsiya rasmiylari buni rad etgan.

O'rta asrlarda qad ko'targan Musul masjidi 800 yillik tarixga ega edi. Jangarilar sardori Abu Bakr al-Bag'dodiy 2014-yilda aynan shu yerda o'zini xalifa deya e'lon qilgan.

Iroq qurolli kuchlari AQSh boshliq koalitsiya yordamida mana to'rt kundirki Musulning eski shahar qismida kurash olib borayapti. Sakkiz oylik amaliyot natijasida armiya "Islomiy davlat" guruhini Musulning aksariyat hududlaridan haydab solishga muvaffaq bo'lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG