Breaking News

Musuldagi muhim inshootlar Iroq armiyasi qo'lida


Iroq harbiylari Amerika qo'llab-quvvatlovida Musul shahridagi asosiy aeroport va harbiy bazani qo'lga olgan.
Iroq harbiylari Amerika qo'llab-quvvatlovida Musul shahridagi asosiy aeroport va harbiy bazani qo'lga olgan.

Iroq harbiylari Amerika qo'llab-quvvatlovida Musul shahridagi asosiy aeroportni qo'lga olgan. Hudud 2014-yildan beri "Islomiy davlat" guruhining qo'lida qolayotgan edi.

Davlat matbuotining bildirishicha, maxsus kuchlar va politsiya bugun Musul aeroportida hukmron.

Bundan tashqari, armiya aeroport yonidagi harbiy bazani ham jangarilardan qaytarib olgan.

General Raid Shakir Jaudatning aytishicha, qurolli kuchlar dronlar va og'ir artilleriya madadi bilan hududni bir necha tomondan qurshab ozod qilgan. Avvaliga biror qarshilik kuzatilmadi, deya xabar qilingan edi. Biroq oxirgi ma'lumotlarga qaraganda, jangarilar va harbiylar qattiq o'q almashgan. "Islomiy davlat" guruhi dronlar yordamida bombalar yog'dirib, bir necha kishi o'zini portlatgan.

Iroq armiyasi Musulning sharqini o'tgan oy ozod qilgan, o'tgan hafta esa g'arbiy hududlarni jangarilardan qaytarib olish uchun jangga kirgan edi. "Islomiy davlat" Iroqning eng yirik shaharlaridan bo'lgan Musulni o'zining qarorgohi deb biladi.

Xalqaro hayot - 24-fevral, 2017-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:48 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG